O'zbekiston

Denovda uyi buzilgan fuqarolar noqonuniy qurilish haqida bir necha bor ogohlantirilgan

Oliy sud Denov tumanida buzilgan uy-joy yuzasidan rasmiy bayonot berdi.

Denovda uyi buzilgan fuqarolar noqonuniy qurilish haqida bir necha bor ogohlantirilgan

 

Ijtimoiy tarmoqlarda Denov tumanida uy-joy buzilgani bilan bog‘liq holat keng muhokamalarga sabab bo‘lgandi. Mazkur holat yuzasidan Oliy sud rasmiy bayonot berdi.

 

Oliy sud ma’lumotiga ko‘ra, fuqaro Abdusalom Ahmatov va Nasiba Chariyeva Denov tumani G‘alaba massivi, Chuqur qishloq mahallasida joylashgan «Rahmon taraqqiyot omad» chorvachilik va bug‘doychilik korxonasiga tegishli sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi yer maydonini o‘zboshimchalik bilan egallab, ushbu hududda uy-joy va yordamchi binolar qurgan.

 

Mazkur holat bo‘yicha sud qarori chiqarilib, fuqaro Abdusalom Ahmatov tomonidan ushbu yerda qurilgan uy-joy va yordamchi binolarni javobgarlar tomonidan yoki ularning hisobidan majburiy tartibda buzish hamda yer maydonini asl holatiga keltirish belgilangan.

 

Oliy sud izohiga ko‘ra, qarorning asosiy sababi — ushbu yer maydonining sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi yeri ekanidir. Amaldagi qonunchilikka muvofiq, jumladan, 2024-yil 5-avgustdagi tegishli qonunga asosan, sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi yerlari fuqarolarning xususiy mulkiga o‘tkazilishi mumkin emas.

 

Bayonotda ta’kidlanishicha, fuqarolar qurilish ishlarini boshlash va davom ettirish jarayonida kadastr, mahalla hamda yer tuzish xizmatlari tomonidan bir necha marotaba ogohlantirilgan. Shunga qaramay, qurilish ishlari davom ettirilgan.

 

Oliy sudga ko‘ra, sud tomonidan uy-joyni buzish chorasi birdaniga qo‘llanmagan. Avvalo, huquqbuzarlikni bartaraf etishning boshqa imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Yer maydonining sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi yeri ekani va uning toifasini o‘zgartirishning imkoni yo‘qligi aniqlangach, buzish oxirgi chora sifatida belgilangan.

 

Shuningdek, mazkur yer maydoni rasman «Rahmon taraqqiyot omad» korxonasiga tegishli ekani qayd etilgan. Shu sababli yerning noqonuniy egallanishi davlat va jamiyat manfaatlaridan tashqari, undan qonuniy foydalanish huquqiga ega bo‘lgan korxonaning huquqlariga ham zarar yetkazgan.

 

Bayonotda Nasiba Chariyeva sug‘oriladigan yer uchastkasini noqonuniy egallab olgani uchun jinoiy javobgarlikka tortilgani ham ma’lum qilingan.

 

Oliy sud ma’lumotiga ko‘ra, sud qarori kuchga kirganidan keyin ham 2024-yil 13-mart kuni taftish instansiyasi tomonidan insonparvarlik nuqtayi nazaridan uning ijrosi vaqtincha to‘xtatilgan. Shu orqali fuqarolarga qonun buzilishini ixtiyoriy ravishda bartaraf etish uchun qariyb ikki yilga yaqin imkoniyat berilgan.

 

Oliy sud fuqarolarni sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi yerlarini noqonuniy egallab olish va ularda qurilish ishlarini amalga oshirishdan tiyilishga chaqirib, bunday holatlarning qonunchilikda belgilangan huquqiy oqibatlari mavjudligini eslatgan.

custom img

Xiva, Buxoro va Toshkent o‘rtasida yangi elektropoyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

Xiva — Buxoro — Xiva yo‘nalishida 9 sentyabrdan, Buxoro — Toshkent — Buxoro yo‘nalishida esa 14 sentyabrdan yangi elektropoyezdlar qatnay boshlaydi.

custom img

O‘zbekistonning PISA 2025 natijalarida ijobiy o‘sish qayd etildi

PISA 2025 xalqaro tadqiqotida O‘zbekiston tabiiy fanlar bo‘yicha 438 ball to‘plab, 91 ta davlat va ta’lim tizimi orasida 48-o‘rinni egalladi.

custom img

Ijtimoiy reyestrdan chiqarish kambag‘allik qisqarganini anglatmaydi — Ijtimoiy himoya agentligi

Agentlik Ijtimoiy reyestrdan fuqarolarni chiqarish bilan bog‘liq holatlarga izoh berdi.

custom img

Sudyalikka nomzodlar uchun yosh talabi 30 yoshga tushirilishi mumkin

Shuningdek, sudyani dastlab besh yil muddatga, keyinchalik muddatsiz tayinlash tartibini joriy etilish taklif qilindi.

custom img

Litsenziyalashdagi huquqbuzarliklar haqida xabar berganlar rag‘batlantiriladi

Ularga undirilgan jarimaning 10 foizi miqdorida mukofot beriladi.

custom img

Qashqadaryo va Jizzaxdagi ikki cho‘qqiga rasmiy nom berildi

O‘zbekistondagi 124 ta tog‘ tizmasi, cho‘qqi, dovon, dara va g‘orning nomlari qayta ko‘rib chiqildi.

custom img

171 nafar fuqaro nomidan foydalanib, 220 mln so‘mlik gaz o‘zlashtirilgan

Qoraqalpog‘iston va Samarqand viloyatida qariyb 370 mln so‘mlik suyultirilgan gazni talon-toroj qilish holatlari aniqlandi.

custom img

Xorijda ota-ona qaramog‘isiz qolgan 11 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi

Ularning 9 nafari Rossiya, 2 nafari Qozog‘istondan olib kelingan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"