Jahon

Janubiy Afrikaning ayrim hududlarida kuchli qor yog‘di

G‘arbiy Keypdagi tog‘ cho‘qqilari ham qor bilan qoplandi. Mamlakat ob-havo xizmati ayrim hududlarda juda sovuq, yomg‘irli va kuchli shamolli ob-havo kuzatilishi haqida ogohlantirdi.

Janubiy Afrikaning ayrim hududlarida kuchli qor yog‘di

Janubiy Afrikaning bir qator provinsiyalarida kuchli qor yog‘ib, havo keskin sovidi. Mamlakat janubiga kirib kelgan sovuq havo to‘lqini bir nechta hududlarda qishki ob-havoni yuzaga keltirdi.

 

Sharqiy Keyp, Kvazulu-Natal va Fri Steyt provinsiyalarining baland hududlarida qor yog‘gani qayd etildi. G‘arbiy Keypdagi tog‘ cho‘qqilariga ham qor tushgan.

 

Janubiy Afrika ob-havo xizmati mamlakatning ayrim hududlarida yomg‘irli, juda sovuq va shamolli ob-havo kuzatilishi haqida ogohlantirdi. Janubiy Fri Steyt, Shimoliy Keyp, Gauteng va Mpumalanga provinsiyalari ham sovuq havo ta’sirida qolgan.

 

Sharqiy Keyp va Kvazulu-Natalning ichki hududlarida ham sovuq va nam ob-havo kuzatilmoqda. Tog‘li hududlarda qor yog‘ishi davom etishi mumkin.

 

Kuchli shamol va yomg‘irli ob-havo sovuqni yanada kuchaytirayotgan bo‘lsa, mamlakatning sohilbo‘yi hududlarida dengiz to‘lqinlari kuchaygani qayd etilgan.

 

Bu holat mamlakatda odatda kuzatiladigan nisbatan iliq qish sharoitidan keskin farq qilmoqda.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.