Jahon

Kolumbiyadagi zilzila oqibatida halok bo‘lganlar soni 132 kishiga yetdi

1 575 ta turar joy binosi zarar ko‘rgan, mamlakatda milliy falokat holati e’lon qilingan.

Kolumbiyadagi zilzila oqibatida halok bo‘lganlar soni 132 kishiga yetdi

 

Kolumbiyada sodir bo‘lgan 7,4 magnitudali kuchli zilzila oqibatida 132 kishi halok bo‘ldi, yana 570 kishi jarohat oldi. Bu haqda Caracol telekanali rasmiy ma’lumotlarga tayanib xabar berdi.

 

Zilzila dushanba kuni ertalab mamlakat g‘arbidagi Choko departamentining San-Xose-del-Palmar munitsipaliteti yaqinida yuz bergan edi. Yer silkinishi Kolumbiyaning katta qismi, shuningdek, qo‘shni davlatlarda ham sezilgan.

 

Tabiiy ofat oqibatida 1 575 ta turar joy binosi zarar ko‘rgan, shundan 37 tasi to‘liq vayron bo‘lgan. Shuningdek, 18 ta tibbiyot muassasasi, 52 ta ta’lim muassasasi, 18 ta yo‘l va yettita aeroport zarar ko‘rgan.

 

Eng og‘ir vaziyat Pereyra va Kofe mintaqasi, shuningdek, Valle-del-Kauka va Choko departamentlarida kuzatilmoqda. Mamlakatning qator hududlarida qizil xavf darajasi e’lon qilingan, ayrim aeroportlar faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan.

 

Kolumbiya hukumati milliy falokat holatini e’lon qilgan. Ayni paytda hududlarda qidiruv-qutqaruv va zararlarni bartaraf etish ishlari davom ettirilmoqda.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur zilzila Kolumbiyada so‘nggi o‘n yil ichida qayd etilgan eng kuchli seysmik hodisalardan biri bo‘lgan. Yer silkinishlari Venesuela, Ekvador va Panamada ham sezilgan.

 

AQSh tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish ishlariga ko‘maklashish uchun qariyb 16 million dollar ajratgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

custom img

AQSh-Eron muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirdi — Axios

Qatar vositachilari ikki tomon o‘rtasida kelishuvga erishishga urinmoqda, biroq hozircha natija yo‘q.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"