O'zbekiston

Namanganda sobiq bank rahbari 20 ming dollar pora bilan qo‘lga tushdi

U yer maydonining kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berish evaziga fuqarodan jami 29 ming dollar talab qilgan.

Namanganda sobiq bank rahbari 20 ming dollar pora bilan qo‘lga tushdi

 

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Namangan viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda sobiq bank rahbari katta miqdordagi pul mablag‘larini olayotgan vaqtida ushlandi.

 

Departamentning ma'lum qilishicha, Yangi Namangan tumanida yashovchi fuqaro Departamentning Namangan viloyati boshqarmasiga murojaat qilib, Sanoat-qurilish bankining Namangan viloyat filialida sobiq boshqaruvchi lavozimida ishlagan shaxs ustidan ariza bilan murojaat qilgan.

 

Arizaga ko‘ra, sobiq bank rahbari fuqaroning Norin tumanida joylashgan, baliqchilikni rivojlantirish maqsadida ijara asosida foydalanishga berilishi rejalashtirilgan yer maydonini rasmiylashtirib berishni va’da qilgan.

 

Buning uchun u viloyat Yagona buyurtmachi injiniring kompaniyasi hamda viloyat Nasos stansiyalari va energetika boshqarmasida ishlovchi mansabdor tanishlari orqali yer maydonining kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berishini aytib, fuqaroning 29 ming AQSH dollari miqdorida pul mablag‘ini berishini talab qilgan.

 

Arizachi oldindan 20 ming AQSH dollari berishga kelishgani haqida ma’lum qilgan.

 

Murojaatda keltirilgan ma'lumotlarni tekshirish maqsadida Departamentning Namangan viloyati boshqarmasi tomonidan 30-iyul kuni tezkor tadbir o‘tkazilgan.

 

Tadbir davomida sobiq bank boshqaruvchisi Davlatobod tumanidagi ko‘p qavatli uylar oldida arizachidan kimyoviy ishlov berilgan 20 ming AQSH dollarini olayotgan vaqtida qo‘lga olingan. Pul mablag‘lari ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.

 

Mazkur holat yuzasidan Departamentning Namangan viloyati boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Hozirda holat yuzasidan tergovga oid harakatlar olib borilmoqda.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"