O'zbekiston

O‘zagroinspeksiya: yarim yilda 131,1 mlrd so‘mlik zarar aniqlandi

Inspeksiya tomonidan 46 971 ta monitoring tadbiri o‘tkazilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida 39 132 ta ogohlantirish kiritilgan

O‘zagroinspeksiya: yarim yilda 131,1 mlrd so‘mlik zarar aniqlandi



Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmuasi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan 2026-yilning o‘tgan davrida amalga oshirilgan ishlar va sohadagi o‘zgarishlar tahlil qilindi.



Qayd etilishicha, hisobot davrida inspeksiya tomonidan 46 971 ta monitoring tadbiri o‘tkazilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida 39 132 ta ogohlantirish kiritilgan. Shuningdek, 7 188 ta xo‘jalik yurituvchi subyektda profilaktika tadbirlari o‘tkazilib, ularga amaliy yordam ko‘rsatilgan.



O‘tkazilgan 9 689 ta tekshirish davomida aniqlangan qonunbuzarliklar yuzasidan 4 885 ta holatda jami 7 mlrd 893 mln so‘mlik ma’muriy jarima qo‘llangan. Bundan tashqari, 3 229 ta taqdimnoma tegishli idoralarga kiritilgan, 1 728 ta material qonuniy qaror qabul qilish uchun sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.


Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer maydonlari nazorati davomida 2 111 ta holatda yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallash va tuproq unumdor qatlamiga zarar yetkazish kabi qonunbuzarliklar aniqlangan. Natijada 290 gektar qishloq xo‘jaligi yer maydoniga zarar yetkazilgani qayd etilib, yetkazilgan zarar miqdori 131,1 mlrd so‘m deb hisoblangan.



Urug‘chilik sohasida ham nazorat tadbirlari amalga oshirilgan. 2026-yil hosili uchun 22 ming tonna mahalliy va 18,4 ming tonna import qilingan chigit laboratoriya sinovlaridan o‘tkazilgan. Tekshiruvlar natijasida 1,4 ming tonna sifatsiz urug‘likning muomalaga chiqarilishiga yo‘l qo‘yilmagan. Aprobatsiya tadbirlari natijasida esa 265 ming tonnadan ortiq sifatli urug‘lik g‘alla jamg‘arilgan.


Don mahsulotlari tejamkorligini ta’minlash maqsadida davlat ehtiyojlari uchun qabul qilingan dondan foydalanish va topshirish jarayonlari ustidan nazorat o‘rnatilishi hisobiga 14 851 tonna bug‘doyning tabiiy yo‘qotilishi iqtisod qilindi.



Texnikaga xizmat ko‘rsatish va uni raqamlashtirish yo‘nalishida jami 25,2 mlrd so‘mlik davlat xizmatlari ko‘rsatilgan. 95 531 ta texnika texnik ko‘rikdan o‘tkazilgan, 21 784 ta texnika davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan. Mavsum davomida 125 mingdan ortiq qishloq xo‘jaligi texnikasi va 3 089 ta kombaynning uzluksiz ishlashi ta’minlangan.



Shuningdek, davlat organlari axborot tizimlari o‘rtasida elektron ma’lumot almashinuvini ta’minlash maqsadida maxsus API xizmati ishlab chiqilgan, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash uchun Call-markaz faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.



Qishloq xo‘jaligi urug‘chiligi sohasida sertifikatlashtirish jarayonlari ham raqamlashtirilmoqda. Mahsulotlarni QR-kod orqali yagona reyestr asosida sertifikatlarni onlayn tekshirish imkonini beruvchi tizim joriy etilgan.



O‘zagroinspeksiya ma’lumotiga ko‘ra, kelgusida yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish, huquqbuzarliklarning oldini olish, davlat xizmatlari sifatini oshirish hamda nazorat jarayonlarini raqamlashtirish bo‘yicha ishlar davom ettiriladi.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"