O'zbekiston

O‘zbekistonda yil boshidan buyon ish joylarida 146 kishi halok bo‘ldi

Yanvar–iyul oylarida mehnat faoliyati bilan bog‘liq 529 ta baxtsiz hodisa qayd etilgan.

O‘zbekistonda yil boshidan buyon ish joylarida 146 kishi halok bo‘ldi

 

2026-yilning yanvar–iyul oylarida O‘zbekistonda mehnat faoliyati bilan bog‘liq 529 ta baxtsiz hodisa qayd etildi. Bu haqda Davlat mehnat inspeksiyasi ma’lum qildi.

 

Inspeksiya ma’lumotlariga ko‘ra, qayd etilgan hodisalarning 24 tasi guruhiy, 372 tasi og‘ir oqibatli, 132 tasi esa o‘lim bilan yakunlangan.

 

Hisobot davrida baxtsiz hodisalar oqibatida jami 580 nafar fuqaro jabrlangan. Ularning 402 nafari og‘ir, 22 nafari yengil tan jarohati olgan, 146 nafari esa vafot etgan.

 

Shuningdek, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalardan jabrlangan fuqarolar va ularning oila a’zolariga bir martalik hamda oylik to‘lovlar ko‘rinishida jami 11 milliard 379 million so‘m undirib berilgan.

 

Taqqoslash uchun, 2025-yil davomida O‘zbekistonda mehnat faoliyati bilan bog‘liq 849 ta baxtsiz hodisa qayd etilgan bo‘lib, ularda 961 kishi jabrlangan va 248 nafar fuqaro halok bo‘lgan.

 

Shunday qilib, 2026-yilning dastlabki yetti oyida qayd etilgan baxtsiz hodisalar soni 2025-yilning to‘liq yilidagi ko‘rsatkichning qariyb 62 foizini, o‘limlar soni esa 63 foizini tashkil etgan.

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.