O'zbekiston

Surxondaryoda fuqarolar ikki YPX xodimini kaltakladi

Damas’ni mast holda boshqarib ketayotgan haydovchi YPX xodimlaridan qochishga uringan va uning yaqinlari xizmat vazifasini bajarayotgan IIO xodimlariga qarshilik ko‘rsatib, ikki nafar xodimga tan jarohati yetkazgan.

Surxondaryoda fuqarolar ikki YPX xodimini kaltakladi

 

Surxondaryo viloyati Angor tumanida xizmat vazifasini bajarayotgan YPX xodimlariga faol qarshilik ko‘rsatilib, ikki nafar xodimga tan jarohati yetkazildi. Bu haqda Surxondaryo viloyati YHXB matbuot xizmati ma’lum qildi.

 

Ma’lum qilinishicha, 2026-yil 9-avgust kuni Angor tumanida 1987-yilda tug‘ilgan fuqaro T. U. “Damas” avtomashinasini boshqarib ketayotgan vaqtida xizmat olib borayotgan YPX xodimlarini ko‘rib, harakat yo‘nalishini o‘zgartirgan va qochishga uringan.

 

YPX xodimlari avtomashinani kuzatib borib, “Ilg‘or” mahallasidagi xonadon yaqinida haydovchini to‘xtatgan. U avtomobildan tushib, qochishga harakat qilgan. Xodimlar haydovchidan spirtli ichimlik hidi kelayotganini aniqlab, uni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish uchun olib borishga uringan.

 

Shu vaqtda voqea joyiga haydovchining ukalari, turmush o‘rtog‘i va qo‘shnisi yetib kelib, xizmat vazifasini bajarayotgan ichki ishlar organlari xodimlariga faol qarshilik ko‘rsatgan. Natijada ikki nafar YPX xodimiga tan jarohati yetkazilgan.

 

Holat yuzasidan Angor tumani prokuraturasi va IIBning tezkor-tergov guruhi voqea joyiga yetib borib, holatni o‘rgangan. Shu kunning o‘zida fuqarolarga nisbatan Jinoyat kodeksining 219-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Shuningdek, Surxondaryo viloyati IIB mas’ul xodimlari tomonidan YPX xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan ham xizmat tekshiruvi o‘tkazilishi belgilangan. Tekshiruv yakunlari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berilishi ma’lum qilindi.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"