Jahon

Tramp Eron tahdidi sabab Turkiyadan yashirincha harbiy samolyotda uchib ketgan

Tramp Turkiyaga NATO sammitida qatnashish uchun borgandi. Sammit yakunida esa Eron tomonidan unga qarshi suiqasd tahdidi aniqlanib, qaytish rejasi o‘zgartirilgan.

Tramp Eron tahdidi sabab Turkiyadan yashirincha harbiy samolyotda uchib ketgan

AQSh prezidenti Donald Tramp NATO sammitidan so‘ng Turkiyadan Buyuk Britaniyaga uchib ketishda Erondan kelgan suiqasd tahdidi sabab maxfiy harbiy reysdan foydalangan. Bu haqda Reuters xabar berdi.

 

Xabarlarga ko‘ra, Tramp Anqarada jurnalistlar ko‘z o‘ngida eski Air Force One samolyotiga chiqqan. Biroq u samolyotda uchmagan. Prezident aeroportning ketering xizmati mashinasida yashirincha boshqa joyga olib chiqilib, kichikroq C-32A harbiy samolyotiga o‘tkazilgan.

 

C-32A Trampni Buyuk Britaniyadagi RAF Mildenhall harbiy bazasiga olib borgan. Bu vaqtda jurnalistlar va Oq uyning ayrim xodimlari prezident eski Air Force One bortida deb hisoblagan.

 

Washington Post ma’lumotiga ko‘ra, maxfiy operatsiyaga Trampga qarshi Erondan kelgan ishonchli tahdid sabab bo‘lgan. Eski Air Force One esa prezident unda ketayotgandek taassurot uyg‘otish uchun chalg‘ituvchi samolyot sifatida ishlatilgan.

 

Jurnalistlarga parvoz vaqtida samolyotning press-kabinasidagi deraza pardalarini yopib turish tavsiya qilingan. Tramp keyinchalik buning sababini samolyot “ehtimol xavfli parvozda” bo‘lgani bilan izohlagan.

 

Tramp Anqaraga NATO sammiti uchun Qatar tomonidan AQShga sovg‘a qilingan, yangilangan Boeing 747 samolyotida kelgan edi. U sammitdan keyin eski Air Force One’da uchishini ma’lum qilgan, yangi samolyot esa RAF Mildenhall bazasiga alohida yo‘l olishi kerak bo‘lgan.

 

C-32A Buyuk Britaniyaga eski Air Force One’dan bir necha daqiqa oldin yetib kelgan. Tramp keyinchalik yana prezident samolyotiga o‘tgan va Vashingtonga yo‘l olgan.

 

Oq uy maxfiy parvoz haqidagi xabarlarga munosabat bildirib, Qatar tomonidan sovg‘a qilingan samolyot prezident va uning xodimlari xavfsizligini ta’minlaydigan yuqori darajadagi xavfsizlik protokollari bilan jihozlanganini ma’lum qilgan.

 

Oq uy kommunikatsiyalar direktorining aytishicha, AQSh prezidentiga tahdid solayotgan ko‘plab dushmanlar mavjud va bunday tahdidlarga qarshi “mavjud barcha vositalar” ishga solinadi. Pentagon esa hozircha xabarlarga izoh bermagan.

 

Qatar tomonidan sovg‘a qilingan Boeing 747 AQShga vaqtinchalik prezident samolyoti sifatida foydalanish uchun mo‘ljallangan. Samolyot mudofaa pudratchisi L3Harris Technologies tomonidan qayta jihozlangan.

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Hujum 23-oktyabr kuni yunon pravoslav cherkovida dafn marosimi vaqtida sodir bo‘lgandi.

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Tibet chegara politsiyasi tarkibidagi maxsus bo‘linmalar yaqin masofadagi janglar, tog‘li hududlarda harakatlanish va dronlardan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Tashabbus inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Ukraina harbiylari ushbu obyektni Rossiyaning urushni moliyalashtirayotgan neft sanoati uchun muhim infratuzilma deb atagan.

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Bunday qurilmalar nafaqat harbiy yuklarni tashish va evakuatsiya, balki granatomyot hamda tankka qarshi qurollar yordamida hujum operatsiyalariga ham jalb etilmoqda.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.