Jahon

Inson huquqlari tashkilotlari Tramp ma’muriyatini sudga berdi

Da’vogarlar Vashingtonning Xalqaro jinoiy sudga qarshi sanksiyalar siyosatini noqonuniy deb atagan.

Inson huquqlari tashkilotlari Tramp ma’muriyatini sudga berdi


 
AQSHdagi to‘rtta yirik inson huquqlari tashkiloti Donald Tramp ma’muriyatiga qarshi sudga murojaat qildi. Human Rights Watch, Open Society Institute, American Friends Service Committee va Center for Constitutional Rights Nyu-Yorkdagi federal sudga bergan da’vosida Vashingtonning Xalqaro jinoiy sudga qarshi sanksiyalar siyosatini noqonuniy deb atadi. Bu haqda Reuters xabar berdi.


 
Tashkilotlarning ta’kidlashicha, Tramp tomonidan chiqarilgan farmon Xalqaro jinoiy sud prokurorlari, sudyalari va boshqa xodimlariga nisbatan sanksiyalar qo‘llash imkonini bergan. Ushbu choralar AQSH yoki uning ittifoqchisi Isroil rasmiylariga nisbatan tergov va ishlar olib borayotgan sud xodimlariga ham taalluqli.


 
Da’vogarlar sanksiyalar sababli inson huquqlari bo‘yicha tashkilotlarning genotsid, urush jinoyatlari va insoniyatga qarshi jinoyatlar yuzasidan Xalqaro jinoiy sud bilan hamkorlik qilishi qiyinlashganini bildirdi. Ular amaldagi sanksiyalarni bekor qilishni hamda prezidentning bunday cheklovlarni joriy etish vakolatini qayta ko‘rib chiqishni so‘ramoqda.


 
Tashkilotlar, shuningdek, sanksiyalar so‘z erkinligi va diniy erkinlik kabi AQSH Konstitutsiyasida kafolatlangan huquqlarni buzayotganini da’vo qilmoqda. Ularning advokati Endryu Louenshteyn bu choralar prezident vakolatlari doirasidan chiqishini va AQSH hamda xalqaro qonunchilikka zid ekanini ta’kidladi.


 
O‘tgan oy Falastin inson huquqlari bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar ham shunga o‘xshash da’vo bilan murojaat qilgan. Bundan tashqari, Xalqaro jinoiy sudning uch nafar sudyasi ham AQSH sanksiyalariga qarshi sudga murojaat qilgan.


 
AQSH Davlat kotibi Marko Rubio esa ma’muriyat Xalqaro jinoiy sudga qarshi diplomatik bosimni kuchaytirishini bildirgan. U boshqa davlatlarni ham Gaagadagi suddan chiqishga ko‘ndirish bo‘yicha kampaniya olib borilishini aytgan. Tramp esa 31-iyuldagi hukumat yig‘ilishida bu siyosatning asosiy maqsadi o‘zini emas, Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu va boshqa Isroil rasmiylarini himoya qilish ekanini bildirgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

custom img

AQSh-Eron muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirdi — Axios

Qatar vositachilari ikki tomon o‘rtasida kelishuvga erishishga urinmoqda, biroq hozircha natija yo‘q.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"