Jahon

“Men shunchaki ularning aytganlarini qilishim kerak edi” — Tramp

AQSH prezidenti Turkiyada samolyotini nega almashtirganini tushuntirdi.

“Men shunchaki ularning aytganlarini qilishim kerak edi” — Tramp

 

AQSH prezidenti Donald Tramp iyul oyida Turkiyada bo‘lib o‘tgan NATO sammitidan so‘ng Anqarani tark etishda samolyotini almashtirganini tasdiqladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, qaror xavfsizlik masalalari sabab Maxfiy xizmat va harbiylar tavsiyasiga binoan qabul qilingan. Bu haqda BBC xabar berdi.

 

Tramp jurnalistlar bilan suhbatda Maxfiy xizmat va harbiylar unga boshqa reys va boshqa samolyotda uchishni tavsiya qilganini aytgan.

 

“Men shunchaki ularning aytganlarini qilishim kerak edi”, — degan AQSH prezidenti.

 

Avvalroq OAV Tramp 8-iyul kuni Anqaradagi aeroportda Air Force One samolyotiga chiqqanidan keyin undan tushib, yashirin tarzda boshqa harbiy samolyotga o‘tkazilgani haqida xabar bergan edi. Ma’lumotlarga ko‘ra, prezident aeroportdagi ovqatlanish yuk mashinasi yordamida ko‘zga tashlanmaydigan tarzda C-32A harbiy samolyotiga olib o‘tilgan.

 

AQSH rasmiylariga ko‘ra, bu qarorga Eron tomonidan samolyotga ehtimoliy raketa hujumi xavfi sabab bo‘lgan. CBS News manbalariga ko‘ra, AQSH tomonida bunday tahdidga oid razvedka ma’lumotlari bo‘lgan. The New York Times esa NATO sammiti yaqinida yelkadan otiladigan raketa bilan kuzatilgan shaxs haqida AQSH razvedkasi ma’lumot olganini yozgan.

 

Trampning aytishicha, u tahdid mavjud bo‘lgan deb hisoblaydi, biroq xavfsizlik tafsilotlari haqida ko‘p ma’lumot so‘ramagan. Prezident o‘ziga doim ko‘plab tahdidlar kelib turishini ham ta’kidlagan.

 

OAV xabarlariga ko‘ra, prezidentning samolyot almashtirgani haqidagi operatsiya Oq uy matbuot korpusining aksariyat vakillaridan ham yashirilgan. Air Force One bortidagi jurnalistlar Tramp samolyotni tark etganini bilmagan, ularga esa deraza pardalarini yopib qo‘yish buyurilgan.

 

Keyinchalik Tramp Turkiyadan boshqa samolyotda uchib ketgani ma’lum bo‘lgan. U NATO sammitiga Qatar tomonidan sovg‘a qilingan yangi Boeing 747-8 samolyotida kelgan, biroq mamlakatni tark etishda eski Air Force One o‘rniga C-32A harbiy samolyotidan foydalangan.

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Hujum 23-oktyabr kuni yunon pravoslav cherkovida dafn marosimi vaqtida sodir bo‘lgandi.

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Tibet chegara politsiyasi tarkibidagi maxsus bo‘linmalar yaqin masofadagi janglar, tog‘li hududlarda harakatlanish va dronlardan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Tashabbus inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Ukraina harbiylari ushbu obyektni Rossiyaning urushni moliyalashtirayotgan neft sanoati uchun muhim infratuzilma deb atagan.

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Bunday qurilmalar nafaqat harbiy yuklarni tashish va evakuatsiya, balki granatomyot hamda tankka qarshi qurollar yordamida hujum operatsiyalariga ham jalb etilmoqda.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.