Jahon

“Rossiya kemalari musodara qilinsa, javob qaytaramiz” – Putin

Rossiya prezidenti Yevropa davlatlarini Rossiya savdo kemalarini qo‘lga olishdan ogohlantirdi va bunday holat javobsiz qolmasligini aytdi.

“Rossiya kemalari musodara qilinsa, javob qaytaramiz” – Putin

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Yevropa davlatlari Rossiyaning savdo kemalarini musodara qiladigan bo‘lsa, Moskva bunga javoban tegishli choralar ko‘rishini ma’lum qildi. Bu haqda Rossiyaning davlat axborot agentligi TASS xabar berdi.

 

Yevropa Ittifoqi Rossiyaning “soya floti” deb ataladigan, sanksiyalarni chetlab o‘tishda foydalanilayotgan kemalariga qarshi nazorat va bosimni kuchaytirayotgan edi. Yevropa davlatlari sanksiyalarni buzishda gumon qilinayotgan ayrim kemalarni tekshirish va ushlab turish choralarini ham ko‘rmoqda.

 

Putin bunday harakatlarni “qaroqchilik va banditizm” deb atadi. Uning aytishicha, agar Rossiya kemalarini qo‘lga olish amaliyoti haqiqatan ham boshlansa, Moskva “javoban xuddi shunday choralar” ko‘radi.

 

Rossiya prezidenti javob choralari faqat Rossiya kemalari qo‘lga olingan hudud bilan cheklanib qolmasligini ham bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya o‘ziga ma’qul va zarur deb hisoblagan istalgan hududda javob berishi mumkin.

 

Putin bu bayonotlarni Rossiyaning Uzoq Sharqidagi Saxalin orolida harbiy mashg‘ulotlarni kuzatayotgan vaqtida bildirgan. U, shuningdek, NATOning Osiyo-Tinch okeani va Arktika hududlaridagi faolligi kuchayayotganini tanqid qilgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

custom img

AQSh-Eron muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirdi — Axios

Qatar vositachilari ikki tomon o‘rtasida kelishuvga erishishga urinmoqda, biroq hozircha natija yo‘q.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"