O'zbekiston

“Aybimiz bo‘lsa, uzrimizni so‘raymiz” — Chinoz hokimi

Chinoz tumani hokimi Sherzod Solihov “Sharmandali mahalla” va “Uyatli xonadon” yozuvlari aks etgan video yuzasidan izoh berdi.

“Aybimiz bo‘lsa, uzrimizni so‘raymiz” — Chinoz hokimi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda Chinoz tumani hokimi Sherzod Solihovning ayrim mahallalarni “Sharmandali mahalla”, xonadonlarni esa “Uyatli xonadon” toifasiga ajratish haqidagi topshirig‘i aks etgan video keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.

 

Mazkur holat yuzasidan tuman hokimi izoh berib, bunday topshiriq yuqori turuvchi tashkilotlardan berilmaganini, bu uning shaxsiy tashabbusi bo‘lganini ma’lum qilgan.

 

Hokimning so‘zlariga ko‘ra, yig‘ilish davomida hududlardagi obodonlashtirish va sanitariya holatini yaxshilash maqsadida, topshiriqlar bajarilmagan taqdirda “Sharmandali mahalla” va “Uyatli xonadon” kabi yozuvlardan foydalanish mumkinligini aytgan. Biroq bu amaliyot sifatida joriy etilmagan.

 

“Sharmandali mahalla” degan banner yopishtirilib, yana o‘sha zahoti ko‘chirib olib ketilgan. Faqat ijtimoiy tarmoqqa chiqarish uchun videoga olingan. Lekin birorta xonadonga, birorta mahallaga osmaganman”, — degan Sherzod Solihov.

 

Ushbu tashabbusdan maqsad “Dolzarb 40 kunlik” tadbiri doirasida mahallalarda obodonlashtirish ishlarini jadallashtirish va mas’ullarni faolroq ishlashga undash bo‘lganini ta’kidlagan.

 

Hokim “Sharmandali mahalla” va “Uyatli xonadon” kabi atamalar mahalla faollari yoki aholini sharmanda qilish uchun emas, balki e’tiborni muammolarga qaratish va obodonlashtirish ishlarini kuchaytirish maqsadida qo‘llanganini bildirgan.

 

Shu bilan birga, Sherzod Solihov tashabbus ayrimlar tomonidan qo‘pol talqin qilinganini tan olgan.

 

“Balki sal qo‘polroq bo‘lib ketgan bo‘lishi mumkin, buni tan olaman”, — degan u.

 

Tuman hokimi xatoga yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa, buning uchun uzr so‘rashga tayyorligini ham bildirgan.

 

“Beayb — Parvardigor. Aybimiz bo‘lsa, uzrimizni so‘raymiz”, — degan Sherzod Solihov.

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.