Jahon

Jurnalistlar Trampni sudga berdi

Ikki media tashkiloti Truth API xizmatini to‘xtatishni va Oq uyning rasmiy bayonotlarini faqat ushbu platforma orqali e’lon qilishiga yo‘l qo‘ymaslikni talab qilmoqda.

Jurnalistlar Trampni sudga berdi

AQSh prezidenti Donald Tramp ikki media tashkiloti tomonidan sudga berildi. Da’vogarlar prezidentning Truth Social’dagi postlarini, jumladan, moliya bozorlariga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan xabarlarini boshqalardan oldin olish imkonini beruvchi pullik xizmatni to‘xtatishni talab qilmoqda.

 

Manxetten federal sudiga The Intercept va Freedom of the Press Foundation tomonidan kiritilgan da’vo Trump Media & Technology Group kompaniyasi ishga tushirgan Truth API xizmatiga qarshi qaratilgan.

 

Ushbu xizmat foydalanuvchilarga Trampning o‘zi ham kiradigan Truth Social’dagi 10 ta mashhur akkaunt postlarini keng jamoatchilikdan oldin olish imkonini beradi. Buning uchun oyiga 100 ming dollargacha to‘lov undiriladi.

 

Da’vogarlar mazkur xizmat prezidentning bayonotlariga barcha uchun teng va bepul kirish imkoniyati bo‘lishi kerakligi haqidagi konstitutsiyaviy tamoyillarga zid ekanini ta’kidlamoqda. Shuningdek, ular Trampning o‘z postlaridan moliyaviy manfaat ko‘rishi manfaatlar to‘qnashuvini yuzaga keltirishini bildirgan.

 

Trump Media vakili esa kompaniya xizmatini himoya qilib, Trampning bayonotlari boshqa ko‘plab platformalar va OAV orqali ham tarqatilishini aytdi.

 

Reuters ma’lumotiga ko‘ra, Donald Tramp Trump Media kompaniyasining eng yirik aksiyadori bo‘lib, uning 41,3 foizlik ulushi taxminan 950 million dollarga baholanmoqda.

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Hujum 23-oktyabr kuni yunon pravoslav cherkovida dafn marosimi vaqtida sodir bo‘lgandi.

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Tibet chegara politsiyasi tarkibidagi maxsus bo‘linmalar yaqin masofadagi janglar, tog‘li hududlarda harakatlanish va dronlardan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Tashabbus inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Ukraina harbiylari ushbu obyektni Rossiyaning urushni moliyalashtirayotgan neft sanoati uchun muhim infratuzilma deb atagan.

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Bunday qurilmalar nafaqat harbiy yuklarni tashish va evakuatsiya, balki granatomyot hamda tankka qarshi qurollar yordamida hujum operatsiyalariga ham jalb etilmoqda.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.