Jahon

AQSH 40 dan ortiq davlatni Xitoy tovarlariga bojlarni chetlab o‘tishda yordam berishda aybladi — ro‘yxatda O‘zbekiston ham bor

AQSH ma’muriyati bunday amaliyotda foydalanilayotgan davlatlarni uchta toifaga ajratgan.

AQSH 40 dan ortiq davlatni Xitoy tovarlariga bojlarni chetlab o‘tishda yordam berishda aybladi — ro‘yxatda O‘zbekiston ham bor

 

AQSH 13-avgust kuni “The Great Transshipment Scam” (“Katta qayta yuklash firibgarligi”) nomli hisobotni e’lon qildi. Unda Xitoy tovarlarini AQSHning yuqori bojlaridan chetlab o‘tkazish uchun uchinchi davlatlardan foydalanilayotgani haqida so‘z yuritilgan.

 

Hisobotda qayd etilishicha, Xitoyda ishlab chiqarilgan ayrim mahsulotlar boj stavkalari nisbatan past bo‘lgan mamlakatlarga olib chiqilib, u yerda ularga minimal darajada ishlov berish, qayta qadoqlash yoki markirovka qilish orqali boshqa davlatda ishlab chiqarilgandek ko‘rsatilishi mumkin. Natijada mahsulotlar AQSH bozoriga Xitoy tovarlariga nisbatan qo‘llanadigan yuqori bojlarni chetlab o‘tgan holda kirib keladi.

 

AQSH ma’muriyati bunday amaliyotda foydalanilayotgan davlatlarni uchta toifaga ajratgan.

 

Uchinchi toifaga AQSH bozoriga imtiyozli kirish imkoniyatiga ega yoki bojxona nazorati nisbatan cheklangan davlatlar kiritilgan. Ushbu ro‘yxatda O‘zbekiston va Qozog‘iston bilan bir qatorda Ozarbayjon, Gruziya, Turkiya, BAA, Singapur, Shveytsariya, Panama, Peru, Kambodja, Vyetnam va boshqa davlatlar ham qayd etilgan.

 

Hisobotda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Ozarbayjon va Gruziya Xitoyning “Bir makon — bir yo‘l” tashabbusi doirasidagi quruqlikdagi tranzit yo‘nalishlari uchun muhim logistika nuqtalari sifatida ko‘rsatilgan.

 

Oq uy hisob-kitoblariga ko‘ra, bojlarni chetlab o‘tish bilan bog‘liq qayta yuklash amaliyotlari natijasida AQSH federal daromadlari yiliga 19–26 milliard dollar kamayishi mumkin.

 

Hisobotda, shuningdek, bunday sxemalar AQSH ishlab chiqaruvchilari va ishchi kuchiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi ta’kidlangan.

 

Hisobotda O‘zbekistonning ushbu sxemalarda bevosita ishtirok etgani yoki noqonuniy faoliyat sodir etgani haqida alohida xulosa berilmagan. O‘zbekiston AQSH tomonidan qayta yuklash uchun foydalanilishi mumkin bo‘lgan davlatlar ro‘yxatida tilga olingan.

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Hujum 23-oktyabr kuni yunon pravoslav cherkovida dafn marosimi vaqtida sodir bo‘lgandi.

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Tibet chegara politsiyasi tarkibidagi maxsus bo‘linmalar yaqin masofadagi janglar, tog‘li hududlarda harakatlanish va dronlardan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Tashabbus inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Ukraina harbiylari ushbu obyektni Rossiyaning urushni moliyalashtirayotgan neft sanoati uchun muhim infratuzilma deb atagan.

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Bunday qurilmalar nafaqat harbiy yuklarni tashish va evakuatsiya, balki granatomyot hamda tankka qarshi qurollar yordamida hujum operatsiyalariga ham jalb etilmoqda.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.