Jahon

Rossiya Qora dengizda o‘t ochishni to‘xtatish taklifini rad etdi

Moskva bunday kelishuv Kiyevga vaqtinchalik “nafas rostlash” imkonini berishini, hozircha moratoriy uchun asos yo‘qligini bildirdi.

Rossiya Qora dengizda o‘t ochishni to‘xtatish taklifini rad etdi

Rossiya Qora dengizda Ukraina bilan o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha taklifni qo‘llab-quvvatlamadi. Moskva Kiyevga vaqtinchalik “nafas rostlash” imkonini beradigan kelishuv uchun asos yo‘qligini bildirdi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

 

Rossiya TIV matbuot kotibi Mariya Zaxarova Ukraina tomonidan Qora dengizdagi fuqarolik kemalariga qarshi hujumlar amalga oshirilayotganini aytib, buni mintaqadagi vaziyatni beqarorlashtirish va mojaroni cho‘zishga qaratilgan siyosat sifatida baholadi.

 

Zaxarovaning ta’kidlashicha, Rossiya vaziyat yaxshilanayotganiga ishora ko‘rmayapti. Shu sababli Moskva “yarim choralar”ni qo‘llashga asos yo‘q, deb hisoblaydi.

 

Rossiya TIV vakili bu bayonotni Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidanning Qora dengizdagi harbiy amaliyotlarga moratoriy joriy etish bo‘yicha Rossiya va Ukrainaga takliflar yuborilgani haqidagi so‘zlariga javoban bildirdi. Zaxarovaning aytishicha, Rossiya Turkiyadan bunday rasmiy taklif olmagan.

 

Avvalroq Reuters Ukraina uchinchi tomon vositachiligida Rossiyaga Qora dengizda fuqarolik nishonlariga hujumlarni ikki tomon ham to‘xtatishi bo‘yicha taklif yuborgani haqida xabar bergan.

 

Moskva, shuningdek, 2022–2023-yillarda Turkiya vositachiligida tuzilgan Qora dengiz don tashabbusiga qaytish imkoniyatini ham rad etdi.

 

Rossiya mazkur kelishuvni bir tomonlama deb hisoblaydi. Bitim Rossiya Ukraina va G‘arb kelishuv shartlarini bajarmaganini bildirganidan keyin amalda to‘xtagan.

 

So‘nggi haftalarda Rossiya va Ukraina Qora dengizdagi tijoriy kemalarga qarshi hujumlarni kuchaytirgani, bu esa jahon bozorida don narxlarining oshishiga sabab bo‘lgani qayd etilgan.

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Hujum 23-oktyabr kuni yunon pravoslav cherkovida dafn marosimi vaqtida sodir bo‘lgandi.

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Tibet chegara politsiyasi tarkibidagi maxsus bo‘linmalar yaqin masofadagi janglar, tog‘li hududlarda harakatlanish va dronlardan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Tashabbus inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Ukraina harbiylari ushbu obyektni Rossiyaning urushni moliyalashtirayotgan neft sanoati uchun muhim infratuzilma deb atagan.

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Bunday qurilmalar nafaqat harbiy yuklarni tashish va evakuatsiya, balki granatomyot hamda tankka qarshi qurollar yordamida hujum operatsiyalariga ham jalb etilmoqda.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.