O'zbekiston

Andijonda bog‘cha litsenziyasi uchun 10 ming dollar so‘ragan shaxs ushlandi

U kelishilgan pulning 5 ming dollarini olayotgan vaqtida qo‘lga olingan.

Andijonda bog‘cha litsenziyasi uchun 10 ming dollar so‘ragan shaxs ushlandi

 

Andijon viloyatida xususiy maktabgacha ta’lim muassasasi tashkil etish uchun zarur litsenziya va ruxsatnomalarni olib berishni va’da qilib, 10 ming dollar talab qilgan shaxs ushlandi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi ma’lum qildi.

 

Qayd etilishicha, 1984-yilda Andijon tumanida tug‘ilgan fuqaro Baliqchi tumanida yashovchi, 1974-yilda tug‘ilgan fuqaroga xususiy maktabgacha ta’lim muassasasi tashkil etishda yordam berishini bildirgan.

 

U o‘zining yuqori lavozimdagi tanishlari orqali litsenziya va boshqa zarur ruxsatnomalarni olib berishni va’da qilib, buning evaziga 10 ming AQSh dollari talab qilgan.

 

IIVning ma’lum qilishicha, o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida gumonlanuvchi Andijon shahridagi Mustaqillik mahallasida kelishilgan 5 ming AQSh dollarini olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

 

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan.

 

Hozirda holat yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.