O'zbekiston

Banklarning moliyaviy holatini tiklash rejalariga qo‘yiladigan talablar belgilandi

Banklar moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgan taqdirda ularning faoliyatini tiklashga qaratilgan rejalar endilikda belgilangan talablar asosida ishlab chiqiladi.

Banklarning moliyaviy holatini tiklash rejalariga qo‘yiladigan talablar belgilandi

Banklarning moliyaviy holatini tiklash rejalariga qo‘yiladigan talablar hamda ularni Markaziy bankka taqdim etish va baholash tartibi belgilandi.

 

Adliya vazirligi tomonidan Banklarning moliyaviy ahvolini tiklash rejasiga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi idoraviy hujjat davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Hujjat 2026-yil 13-avgust kuni 3924-raqam bilan ro‘yxatdan o‘tgan.

 

Unga ko‘ra, bankning moliyaviy holatini tiklash rejasi bank kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Bank ichki audit xizmati esa ushbu rejaning ishlab chiqilishi, yangilanishi va amalga oshirilishini yiliga kamida bir marta mustaqil baholaydi.

 

Tiklash rejasi quyidagi yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi:

 

— rejani boshqarish bo‘yicha ma’lumotlar;

— strategik tahlil;

— tiklash ko‘rsatkichlari;

— tiklash chora-tadbirlari;

— tiklash ssenariylari;

— reja doirasida kommunikatsiya qilish tartibi;

— rejani amalga oshirishga tayyorgarlik choralari.

 

Bank tiklash rejasini har yili yangilashi kerak. Shuningdek, bankning tashkiliy tuzilmasi, faoliyati yoki moliyaviy holatida rejaga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan sezilarli o‘zgarishlar yuz bergan taqdirda ham hujjat qayta ko‘rib chiqiladi.

 

Mazkur hujjat rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab uch oy o‘tgach kuchga kiradi.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"