Jahon

Indoneziyada 7,7 magnitudali zilzila oqibatida besh kishi halok bo‘ldi

7,7 magnitudali zilziladan so‘ng 6,2 magnitudagacha bo‘lgan takroriy silkinishlar qayd etildi.

Indoneziyada 7,7 magnitudali zilzila oqibatida besh kishi halok bo‘ldi

 

Indoneziyada 7,7 magnitudali kuchli zilzila sodir bo‘lib, kamida besh kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Reuters Sharqiy Nusa Tenggara gubernatori Emanuel Melquiades Laka-Lenaga tayanib xabar berdi.

 

Gubernatorning ma’lum qilishicha, qurbonlar zilzila vaqtida uyquda bo‘lgan va binolarning vayronalari qulashi oqibatida halok bo‘lgan.

 

Avvalroq Indoneziyaning Tabiiy ofatlarni boshqarish milliy agentligi (BNPB) ikki kishi — bir erkak va bir ayol halok bo‘lganini bildirgan edi.

 

Zilzila oqibatida Nagekeo, Sikka va G‘arbiy Manggarai hududlarida talafotlar qayd etilgan. Sikka tumanidagi El Sai portiga zarar yetgan, bir kishi jarohat olgan. Zilziladan cho‘chigan aholi uylarini tark etib, xavfsiz hududlarga chiqishga harakat qilgan.

 

Asosiy zilziladan keyin 6,2 magnitudagacha bo‘lgan takroriy yer silkinishlari ham kuzatilgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ular qo‘shimcha sunami xavfini yuzaga keltirmagan.

 

Avvalroq zilzila sabab Indoneziyaning uchta viloyatida sunami haqida ogohlantirish e’lon qilingan edi. Mahalliy nashrlar zilzila oqibatida uylar, maktablar, davlat idoralari va tibbiyot muassasalariga zarar yetganini xabar qilgan.

 

Yevropa-O‘rta yer dengizi seysmologiya markazi ma’lumotlariga ko‘ra, zilzila episentri Labuan Bajo shahridan 161 kilometr shimoli-sharqda, taxminan 35 kilometr chuqurlikda joylashgan.

 

Ayni paytda mahalliy va favqulodda vaziyatlar xizmatlari zarar ko‘rgan hududlarda vaziyatni monitoring qilish, aholini evakuatsiya qilish va jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish ishlarini davom ettirmoqda.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

custom img

AQSh-Eron muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirdi — Axios

Qatar vositachilari ikki tomon o‘rtasida kelishuvga erishishga urinmoqda, biroq hozircha natija yo‘q.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"