Jahon

Kolumbiyada kon portlashi oqibatida olti kishi halok bo‘ldi

Tekshiruvdan avval konda xavfsizlik talablari buzilgani aniqlangan va uning faoliyatini to‘xtatish haqida ko‘rsatma berilgan.

Kolumbiyada kon portlashi oqibatida olti kishi halok bo‘ldi

 

Kolumbiyaning markaziy Kundinamarka departamentidagi Kukunuba hududida joylashgan konda portlash sodir bo‘lib, olti konchi halok bo‘ldi. Bu haqda Blu Radio departament gubernatori Xorxe Emilio Rey Anxelga tayanib xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, hodisa La Ramada hududidagi El Porvenir 1 konida yuz bergan. Portlashdan so‘ng konda bo‘lgan konchilar bilan aloqa uzilgan.

 

Qutqaruvchilar tomonidan olib borilgan ishlar natijasida olti konchining jasadi topilgan. Hodisa vaqtida konda jami yetti kishi bo‘lgan, ulardan biri o‘z kuchi bilan tashqariga chiqishga muvaffaq bo‘lgan.

 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, kon portlashidan avval Milliy konchilik agentligi tomonidan tekshirilgan. Tekshiruv davomida xavfsizlik talablariga rioya qilinmagani aniqlanib, kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar kon faoliyatini to‘xtatish to‘g‘risida ko‘rsatma berilgan.

 

Shunga qaramay, rasmiylarning ma’lum qilishicha, kon faoliyati davom ettirilgan bo‘lishi mumkin. Endilikda mutaxassislar portlash sabablarini va faoliyatni taqiqlash haqidagi ko‘rsatmaga qaramay, konchilik ishlari qanday davom etganini aniqlaydi.

 

Kundinamarka gubernatori halok bo‘lgan konchilarning yaqinlariga hamdardlik bildirdi.

 

Eslatib o‘tamiz, 10-avgust kuni Kolumbiyada 7,4 magnitudali kuchli zilzila sodir bo‘lgan va mamlakatda favqulodda holat e’lon qilingan edi.

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"