O'zbekiston

Navoiyda sud raisi YTHda halok bo‘ldi

YTHga avtomobil tezligining yuqori bo‘lgani sabab bo‘lgan. Hodisa sodir bo‘lgan yo‘lning holati ham qoniqarsiz ekani aytilgan.

Navoiyda sud raisi YTHda halok bo‘ldi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Tomdi tuman sudi raisi Aziza Mirzayeva yo‘l-transport hodisasida halok bo‘ldi. Bu haqda Kun.uz xabar berdi.

 

Hodisa 15-avgust kuni tushga yaqin “Zarafshon–Tomdi” yo‘lida sodir bo‘lgan. Ma’lum qilinishicha, Aziza Mirzayeva Zarafshon shahridan Tomdi tumaniga Cobalt avtomashinasida ketayotgan bo‘lgan.

 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, u avtomobil boshqaruvini yo‘qotgan. Oqibatda Cobalt yo‘ldan chiqib, ag‘darilgan. Sud raisi og‘ir tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan.

 

Dastlabki taxminlarga ko‘ra, hodisaga avtomobilning yuqori tezlikda harakatlangani sabab bo‘lgan. Shu bilan birga, YTH sodir bo‘lgan yo‘lning holati ham qoniqarsiz ekani aytilmoqda.

 

39 yoshli Aziza Asatovna Mirzayeva 2024-yil dekabr oyida Navoiy viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Tomdi tuman sudi raisi lavozimiga tayinlangan. U sudyalik lavozimida bo‘lishning birinchi besh yillik muddatiga tasdiqlangan edi. Aziza Mirzayeva ikki farzandning onasi bo‘lgan.

 

Sudyalar oliy kengashi va Oliy sud uning vafoti munosabati bilan oila a’zolari va yaqinlariga ta’ziya bildirdi.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"