O'zbekiston

Qashqadaryodagi ixtisoslashtirilgan maktablar bitiruvchilarining ko‘pi oliygoh talabasi bo‘ldi

Uchta maktabda bitiruvchilarning 100 foizi talaba bo‘ldi, bir qator maktablarda esa bu ko‘rsatkich 80–90 foizni tashkil etdi.

Qashqadaryodagi ixtisoslashtirilgan maktablar bitiruvchilarining ko‘pi oliygoh talabasi bo‘ldi

Qashqadaryo viloyatidagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar bitiruvchilari 2025–2026-o‘quv yili yakunlari bo‘yicha oliy ta’lim muassasalariga kirishda yuqori natijalarni qayd etdi.

 

Eng yuqori ko‘rsatkich Qarshi shahridagi Prezident maktabi, Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi hamda Qarshi tumani ixtisoslashtirilgan maktabi bitiruvchilarida qayd etilgan. Ushbu uchta maktabda bitiruvchilarning barchasi — mos ravishda 23, 40 va 45 nafar o‘quvchi OTMga o‘qishga kirgan.

 

Shuningdek, Kitob tumani ixtisoslashtirilgan maktabida 90 bitiruvchidan 87 nafari (96,7 foiz), Qarshi shahridagi 1-son ixtisoslashtirilgan maktabda 53 nafardan 51 nafari (96,2 foiz), Shahrisabz tumani ixtisoslashtirilgan maktabida esa 22 nafardan 21 nafari (95,5 foiz) talaba bo‘lgan.

 

Dehqonobod tumanidagi maktabda 58 bitiruvchidan 55 nafari (94,8 foiz), Chiroqchi tumanida 50 nafardan 47 nafari (94 foiz), Yakkabog‘ tumanida 40 nafardan 37 nafari (92,5 foiz) OTMga qabul qilingan.

 

Qolgan maktablarda ham natijalar quyidagicha:

 

  • Ko‘kdala tumani — 9 nafardan 8 nafari (88,9 foiz);
  • Kasbi tumani — 53 nafardan 46 nafari (86,8 foiz);
  • Muborak tumani — 29 nafardan 25 nafari (86,2 foiz);
  • Shahrisabz shahri — 37 nafardan 30 nafari (81,1 foiz);
  • Koson tumani — 27 nafardan 21 nafari (77,8 foiz);
  • Nishon tumani — 23 nafardan 16 nafari (69,6 foiz);
  • Qamashi tumani — 21 nafardan 14 nafari (66,7 foiz).

 

Ma’lumotlar Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan e’lon qilingan.

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.