Jahon

Tramp Hormuz bo‘g‘ozini AQSh hududi sifatida e’lon qilmoqchi

Eron esa Vashingtonning bo‘g‘oz ustidan nazorat o‘rnatishiga qarshi ekanini bildirdi.

Tramp Hormuz bo‘g‘ozini AQSh hududi sifatida e’lon qilmoqchi

 

AQSh prezidenti Donald Tramp Hormuz bo‘g‘ozini Qo‘shma Shtatlar hududi sifatida e’lon qilish rejasi haqida bayonot berdi. U Nyu-York shtati politsiya akademiyasida bo‘lib o‘tgan tadbirda so‘zlar ekan, strategik suv yo‘li hozirda AQSh kuchlari nazoratida ekanini ta’kidlagan.

 

Trampning bayonotiga ko‘ra, AQSh harbiylari Hormuz bo‘g‘ozidagi vaziyatni nazorat qilmoqda. Biroq prezident ushbu hududni AQSh hududi sifatida e’lon qilish tashabbusining huquqiy yoki amaliy tafsilotlariga aniqlik kiritmagan.

 

Hormuz bo‘g‘ozi Eron va Ummon oralig‘ida joylashgan bo‘lib, jahon energetika savdosidagi eng muhim strategik suv yo‘llaridan biri hisoblanadi. Undagi har qanday keskinlik xalqaro neft va gaz bozorlariga bevosita ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

 

Eron rasmiylari esa AQShning bo‘g‘oz ustidan nazorat o‘rnatishiga qarshi chiqmoqda. Eron tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Qosim G‘aribobodiy mamlakati AQShning tahdidlari va harbiy kuch namoyishidan ortga chekinmasligini bildirgan.

 

Tomonlar o‘rtasidagi kelishmovchilik fonida Hormuz bo‘g‘ozining kemalar uchun ochiqligi va uning nazorati masalasi xalqaro kun tartibidagi muhim masalalardan biriga aylangan.

 

Eron avvalroq bo‘g‘ozni to‘liq ochish bo‘yicha bir qator shartlarni ilgari surgan. Ular qatorida urush oqibatlari uchun kompensatsiya to‘lash va Eronga nisbatan joriy etilgan sanksiyalarni bekor qilish talablari ham bor.

 

Tramp esa avvalroq AQSh kuchlari Hormuz bo‘g‘ozini minalardan tozalaganini ma’lum qilgan. Oq uy rahbari Tehronga nisbatan iqtisodiy bosimni kuchaytirish harbiy zarbalardan ko‘ra samaraliroq bo‘lishi mumkinligini ta’kidlagan.

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"