O'zbekiston

"O‘zbekgidroenergo" tizimidagi 8 ta obyektga yangi JAC avtomobillari topshirildi

Yangi transport vositalari tog‘li va murakkab hududlarda xizmat ko‘rsatish ishlarini tezkor tashkil etishga xizmat qilishi bildirildi.

"O‘zbekgidroenergo" tizimidagi 8 ta obyektga yangi JAC avtomobillari topshirildi

“O‘zbekgidroenergo” AJ tizimidagi energiya ishlab chiqaruvchi korxonalarning transport bazasi yangi avtomobillar bilan mustahkamlandi, deya xabar bermoqda Jamiyat matbuot xizmati.

 

 

2026-yilning birinchi yarim yilligida tizim korxonalari tomonidan ishlab chiqarish va xo‘jalik faoliyati bo‘yicha belgilangan reja topshiriqlari o‘z vaqtida va ortig‘i bilan bajarilgani qayd etildi. 

 

 

Erishilgan ijobiy ko‘rsatkichlarni munosib e’tirof etish, korxonalarning moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash, ishlab chiqarish jarayonlarining uzluksizligini ta’minlash hamda O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi arafasida soha mehnat jamoalarini rag‘batlantirish maqsadida energiya ishlab chiqaruvchi qator filiallarning transport bazasi yangi avtomobillar bilan mustahkamlandi.

 

 

Jumladan, “O‘rta Chirchiq GESlar kaskadi”, “Farhod GES”, “Samarqand GESlar kaskadi”, “Norin GESlar kaskadi”, “Hisorak GES” va “Qamchiq GES” filiallari, Sardoba suv ombori hamda Yuqori To‘palang hududidagi istiqbolli loyihalar uchun jami 8 ta JAC pikap avtomobili xarid qilindi.

 

 

Yangi avtomobillar energetika obyektlarida texnik xizmat ko‘rsatish va ekspluatatsiya ishlarini tezkor tashkil etish, xodimlarning harakatchanligini oshirish hamda xizmat vazifalarini o‘z vaqtida bajarishga xizmat qiladi.

 

 

Qayd etilishicha, gidroenergetika obyektlarining aksariyati tog‘li va murakkab relyefli hududlarda joylashgan. Shu bois yangi transport vositalari, ayniqsa, kuz-qish mavsumida noqulay ob-havo va yo‘l sharoitlarida xizmat ko‘rsatish ishlarini samarali tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

 

 

“O‘zbekgidroenergo” AJ tomonidan korxonalarning texnik va moddiy bazasini rivojlantirish hamda gidroenergetika obyektlarining barqaror va uzluksiz faoliyatini ta’minlash bo‘yicha ishlar davom ettirilishi ma’lum qilindi.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"