Jahon

Ukraina Rossiyaga yuzlab dronlar bilan hujum qildi: Wildberries omborida yong‘in chiqdi

Hujum oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi. Moskva va boshqa hududlardagi ayrim aeroportlar faoliyati cheklandi.

Ukraina Rossiyaga yuzlab dronlar bilan hujum qildi: Wildberries omborida yong‘in chiqdi

Ukraina 16-avgust kuni Rossiya hududlariga yuzlab dronlar bilan hujum uyushtirdi. Rossiya rasmiylariga ko‘ra, hujumlar oqibatida kamida 6 kishi halok bo‘lgan. Mazkur hujum Kiyev tomonidan urush boshlanganidan buyon Rossiyaga qarshi amalga oshirilgan eng yirik havo hujumlaridan biri bo‘lgan.

 

Rossiya Mudofaa vazirligi bir kecha davomida Ukraina tomonidan uchirilgan 822 ta dron yo‘q qilinganini ma’lum qildi. Moskva meri Sergey Sobyaninning aytishicha, poytaxt tomon yo‘nalgan qariyb 600 ta dron aniqlangan. Ularning uchdan biri Moskva viloyati hududida urib tushirilgan.

 

Moskva viloyati gubernatori Andrey Vorobyovning ma’lum qilishicha, Ukraina droni xususiy uyga kelib urilishi oqibatida 83 yoshli erkak halok bo‘lgan. Shuningdek, hujum oqibatida Rossiyaning yirik chakana savdo kompaniyasi Wildberries’ga tegishli omborda yong‘in chiqqan.

 

Rossiya OAVlari Podolsk shahrida ombor hududidan ko‘tarilayotgan qalin qora tutun tasvirlarini tarqatdi.

 

Bundan tashqari, Rostov viloyatining uchta shahri ham hujumga uchragan. Viloyat gubernatori Yuriy Slyusarning ma’lum qilishicha, mazkur hujumlarda 5 kishi halok bo‘lgan.

 

Rossiya rasmiylari hujum oqibatida Moskva va boshqa hududlardagi ayrim aeroportlar faoliyatiga vaqtinchalik cheklovlar kiritilganini bildirgan.

custom img

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

custom img

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

custom img

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Ular orasida Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari bosh qo‘mondoni ham bor.

custom img

Uyda yolg‘iz qizaloq: Yaponiyada o‘zbekistonlik kuryer 10 yoshli qizga shilqimlik qildi

Qiz voqeadan so‘ng politsiyaga murojaat qilgan va erkak hibsga olingan.

custom img

Ilk qo‘shma investitsiya: AQSH va Ukraina muhim minerallar bo'yicha kelishuv imzolandi

Yangi loyihalarning umumiy qiymati qariyb 70 mln dollarni tashkil etadi.

custom img

Flydubai’dagi hodisa: Tel-Avivga parvozlar to‘xtatildi

Saudiya Arabistonining Tabuk shahriga favqulodda qo‘nganidan so‘ng aviakompaniya reyslarni keyingi xabargacha to‘xtatdi.

custom img

Hindiston-Pokiston chegarasida otishma: ikki pokistonlik halok bo‘ldi

Hindiston OAVlari ularni chegarani buzishga uringan shaxslar sifatida taʼriflagan.

custom img

Maxfiy uchrashuv: Tramp ma’muriyati Eron masalasini muhokama qildi

Uchrashuv AQSh ma’muriyati tomonidan rasman e’lon qilinmagan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"