Jahon

Rossiya raketa zarbasi oqibatida Ukrainada 10 kishi halok bo‘ldi

Hujumda Rossiya tomonidan ikkita kichik Banderol qanotli raketasi qo‘llangan.

Rossiya raketa zarbasi oqibatida Ukrainada 10 kishi halok bo‘ldi

Rossiyaning raketa zarbasi Ukraina shimoli-sharqidagi Xarkiv viloyatining Pechenigi qishlog‘iga kelib tushdi. Hujum oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi, kamida 18 kishi jarohatlandi. Bu haqda Ukraina Prezidenti Volodimir Zelenskiyga tayanib, Reuters xabar berdi.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, zarba qishloqning gavjum markaziy qismiga, pochta bo‘limi, do‘kon va kafe joylashgan hududga berilgan.

 

Xarkiv viloyati gubernatori Oleh Sinegubovning ma’lum qilishicha, hujum natijasida 10 ta xususiy uy, pochta bo‘limi, kafe, beshta do‘kon va 15 ta avtomobil zarar ko‘rgan.

 

Ukraina Bosh prokuraturasi dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, hujumda Rossiya tomonidan ikkita kichik Banderol qanotli raketasi qo‘llangan.

 

Zelenskiy Rossiyaning hujumiga javob qaytarilishini bildirdi. Rossiya tomoni esa voqea yuzasidan hozircha izoh bermagan.

 

BMTning Ukrainadagi Inson huquqlarini monitoring qilish missiyasi hujum oqibatlari va tinch aholiga yetkazilgan zarar bo‘yicha ma’lumot to‘playotganini ma’lum qildi.

 

Rossiya va Ukraina o‘z hujumlarida tinch aholini ataylab nishonga olganini rad etib keladi.

custom img

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

custom img

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

custom img

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Ular orasida Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari bosh qo‘mondoni ham bor.

custom img

Uyda yolg‘iz qizaloq: Yaponiyada o‘zbekistonlik kuryer 10 yoshli qizga shilqimlik qildi

Qiz voqeadan so‘ng politsiyaga murojaat qilgan va erkak hibsga olingan.

custom img

Ilk qo‘shma investitsiya: AQSH va Ukraina muhim minerallar bo'yicha kelishuv imzolandi

Yangi loyihalarning umumiy qiymati qariyb 70 mln dollarni tashkil etadi.

custom img

Flydubai’dagi hodisa: Tel-Avivga parvozlar to‘xtatildi

Saudiya Arabistonining Tabuk shahriga favqulodda qo‘nganidan so‘ng aviakompaniya reyslarni keyingi xabargacha to‘xtatdi.

custom img

Hindiston-Pokiston chegarasida otishma: ikki pokistonlik halok bo‘ldi

Hindiston OAVlari ularni chegarani buzishga uringan shaxslar sifatida taʼriflagan.

custom img

Maxfiy uchrashuv: Tramp ma’muriyati Eron masalasini muhokama qildi

Uchrashuv AQSh ma’muriyati tomonidan rasman e’lon qilinmagan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"