Jahon

Rossiya va Ukraina 103 nafardan harbiy asirni almashdi

Ukraina harbiy razvedkasi navbatdagi almashinuv ham oy oxirigacha amalga oshirilishi kutilayotganini ma’lum qildi.

Rossiya va Ukraina 103 nafardan harbiy asirni almashdi

Rossiya va Ukraina 103 nafardan harbiy asirni almashdi. Bu haqda har ikki tomon rasmiylariga tayanib, Reuters xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, Ukraina harbiy razvedkasi oy oxirigacha yana bir asirlar almashinuvi o‘tkazilishi kutilayotganini bildirgan.

 

Rossiya 2022-yilda Ukrainaga bostirib kirganidan buyon tomonlar muntazam ravishda harbiy asirlarni almashib kelmoqda. Shu bilan birga, urushni yakunlash bo‘yicha kelishuv shartlari yuzasidan Kiyev va Moskva o‘rtasidagi pozitsiyalar hamon bir-biridan keskin farq qiladi.

 

Ukraina Prezidenti Volodimir Zelenskiyning Telegram’dagi sahifasida qayd etilishicha, Rossiyadan qaytarilgan ukrainalik harbiylar orasida Qurolli Kuchlar, Davlat chegara xizmati va Milliy gvardiya xizmatchilari bor.

 

Rossiya tomonidagi almashinuv haqida esa Interfaks agentligi Mudofaa vazirligiga tayanib xabar berdi.

 

Uch yil davomida asirlikda bo‘lgan 29 yoshli ukrainalik Dmytro Reuters agentligiga uyiga qaytganidan xursandligini aytdi. U hali ham asirlikda qolayotgan harbiylarning oilalarini umidni yo‘qotmaslikka chaqirdi.

 

28 oy davomida asirlikda bo‘lgan 43 yoshli ukrainalik harbiy Anton Timosenko esa asirlik davrida ular uchun eng muhim narsa qarindoshlaridan kelgan xatlar bo‘lganini aytdi. Har ikki harbiy ham urushning qaysi hududlarida jang qilgani haqida ma’lumot bermagan.

 

Ukraina harbiy razvedkasi rahbari Oleg Ivashchenko navbatdagi almashinuv oy oxirigacha amalga oshirilishi kutilayotganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, keyingi almashinuvda uzoq vaqt davomida asirlikda saqlangan harbiylar, jumladan, urushning dastlabki bosqichida Rossiya qamal qilgan Mariupol shahri mudofaasida qatnashgan ukrainalik himoyachilarni qaytarish kutilmoqda.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Rossiya va Ukraina 103 nafardan harbiy asirni almashdi | Zamon.uz