Jahon

O‘zbekistonning barcha sohalarda jadal rivojlanayotganini ko‘rib, quvonaman — Ilhom Aliyev

Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev O'zbekistonga davlat tashrifi arafasida katta intervyu berdi.

O‘zbekistonning barcha sohalarda jadal rivojlanayotganini ko‘rib, quvonaman — Ilhom Aliyev

Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev O‘zbekistonga davlat tashrifi arafasida bergan intervyusida ikki davlat o‘rtasidagi ittifoqchilik munosabatlari, savdo-iqtisodiy hamkorlik va Markaziy Osiyo bilan aloqalar haqida fikr bildirdi.

 

Aliyev O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi munosabatlar so‘nggi yillarda eng yuqori bosqich — ittifoqchilik darajasiga ko‘tarilganini ta’kidladi.

 

“Qardosh O‘zbekistonga har safar kelganimda, ayniqsa so‘nggi yillarda mamlakatning barcha sohalarda jadal rivojlanayotganini ko‘rib, quvonaman”, — dedi Ozarbayjon prezidenti.

 

Uning qayd etishicha, so‘nggi besh yil ichida ikki davlat rahbarlarining 15 ta oliy darajadagi o‘zaro tashrifi amalga oshirilgan. 2024-yil avgustida Aliyev O‘zbekistonga, 2025-yil iyulida esa Prezident Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjonga davlat tashrifi bilan borgan.

 

Aliyev Shavkat Mirziyoyev bilan munosabatlarini ham alohida ta’kidladi.

 

“Prezident Mirziyoyevning mamlakatlarimiz qardoshligi, birligi va ittifoqchiligi yo‘lidagi tinimsiz va qat’iyatli faoliyati Ozarbayjonda unga nisbatan chuqur hurmat va mehr uyg‘otgan”, — dedi u.

 

Ozarbayjon prezidenti ikki davlat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalar ham jadal rivojlanayotganini bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, 2025-yilda O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi uch barobardan ko‘proqqa oshib, 795 million dollarga yetgan. 2026-yilning yanvar-may oylarida esa savdo hajmi yillik hisobda 33 foizga o‘sib, 144 million dollarni tashkil etgan.

 

Aliyev Ozarbayjon–O‘zbekiston investitsiya kompaniyasi hamkorlikning muhim platformasiga aylanganini qayd etdi. Kompaniya uch yil avval 500 million dollarlik ustav kapitali bilan tashkil etilgan.

 

Shuningdek, ikki davlat energetika va transport sohalaridagi loyihalarni kengaytirmoqda. 2025-yilda Ozarbayjon, Qozog‘iston va O‘zbekiston tomonidan “yashil” energiya yo‘lagini rivojlantirishga qaratilgan qo‘shma kompaniya tashkil etilgan.

 

Aliyev transport-logistika sohasidagi hamkorlikni ham istiqbolli yo‘nalishlardan biri sifatida ko‘rsatdi. U Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston temir yo‘lining O‘rta yo‘lak (Middle Corridor) bilan integratsiyasi butun mintaqa uchun yangi iqtisodiy va tranzit imkoniyatlarini yaratishini aytdi.

 

Ozarbayjon prezidenti mamlakatining Markaziy Osiyo davlatlari bilan aloqalariga ham to‘xtaldi. Uning ta’kidlashicha, Ozarbayjonning Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahat uchrashuvlari formatiga to‘laqonli qo‘shilishi mintaqalararo hamkorlik uchun yangi imkoniyatlar yaratgan.

 

“Avval ‘C5’ deb atalgan hamkorlik formati amalda ‘C6’ formatiga aylandi, mintaqaviy muloqot va strategik sheriklik esa yangi mazmun va ko‘lam kasb etdi”, — dedi Aliyev.

 

U O‘zbekiston va Ozarbayjonning xalqaro tashkilotlar doirasida ham bir-birini qo‘llab-quvvatlab kelayotganini ta’kidladi.

 

Intervyu yakunida Ilhom Aliyev O‘zbekiston xalqini mamlakat davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan tabriklab, tinchlik, farovonlik, ravnaq va yangi yutuqlar tiladi.

Ukraina Rossiyaning 14 ta hududiga zarba berdi: Belgorodda uch kishi halok bo‘ldi

Ukraina Rossiyaning 14 ta hududiga zarba berdi: Belgorodda uch kishi halok bo‘ldi

Shu bilan birga, Rossiya qo‘shinlarining Ukrainaga bergan zarbalari bir nechta hududda elektr va suv ta’minotida uzilishlarga sabab bo‘ldi.

Bir o‘yinda 53 ta qizil kartochka: futbol bahsi janjalga aylandi

Bir o‘yinda 53 ta qizil kartochka: futbol bahsi janjalga aylandi

Bungacha eng ko‘p qizil kartochkalar soni 36 ta bo‘lgan.

30,1 milliard rubllik zarar: Ukraina Rossiyadagi Ozon omboriga hujum qildi

30,1 milliard rubllik zarar: Ukraina Rossiyadagi Ozon omboriga hujum qildi

Kompaniya ayrim buyurtmalarni bekor qiladi, qolganlarini esa boshqa omborlardan yetkazib beradi.

Hurmuz bo‘g‘ozi qachon ochiladi? Eron AQShga yetti shart qo‘ydi

Hurmuz bo‘g‘ozi qachon ochiladi? Eron AQShga yetti shart qo‘ydi

Mohsen Rizoiy AQSh Eronning shartlarini to‘liq qabul qilganidan keyingina bo‘g‘oz ochilishini ma’lum qildi.

Tarixiy natija: AQSh Senatiga ilk musulmon senator saylanishi mumkin

Tarixiy natija: AQSh Senatiga ilk musulmon senator saylanishi mumkin

U saylov kampaniyasini Nyu-York meri Zohran Mamdani qo‘llagan uslubga yaqin tarzda olib borgan.

Isroil muxolifati Netanyaxuga qarshi: bosh vazirlikka sobiq harbiy tavsiya qilindi

Isroil muxolifati Netanyaxuga qarshi: bosh vazirlikka sobiq harbiy tavsiya qilindi

Biroq yangi hukumatni shakllantirishda arab partiyalari bilan hamkorlik masalasi muxolifat ichidagi asosiy kelishmovchilik bo‘lib qolmoqda.

Yevropada bomba tahdidlari: beshta samolyot tekshiruvdan o‘tkazildi

Yevropada bomba tahdidlari: beshta samolyot tekshiruvdan o‘tkazildi

Tahdidlar sabab ayrim samolyotlar zaxira aeroportlariga qo‘nishga majbur bo‘ldi, boshqalari esa manziliga yetib borgach tekshirildi.

Yadroviy zarba xavfi: Eron aholiga favqulodda ko‘rsatmalarni e’lon qildi

Yadroviy zarba xavfi: Eron aholiga favqulodda ko‘rsatmalarni e’lon qildi

Eron davlat televideniyesi yadroviy zarba berilgan taqdirda aholining qanday harakat qilishi kerakligi haqida ko‘rsatmalarni namoyish etdi.