O'zbekiston

Timur Ismoilov IIV vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi

U bunga qadar Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Timur Ismoilov IIV vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi

 

O‘zbekiston Prezidentining tegishli qaroriga muvofiq, polkovnik Timur Kamalitdinovich Ismoilov O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari — Jamoat xavfsizligi departamenti boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

 

Shu munosabat bilan u Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimidan ozod etildi.

 

Timur Ismoilov 1983-yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumanida tug‘ilgan. U ichki ishlar organlari tizimida turli mas’ul va rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritgan.

 

Jumladan, Timur Ismoilov IIV Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ham xizmat qilgan. So‘nggi tayinloviga qadar esa Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i sifatida faoliyat olib borgan.

 

Yangi lavozimida unga jamoat xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha istiqbolli vazifalar yuklatilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan Iordaniyaga bordi

Prezident Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan Iordaniyaga bordi

Tashrifning asosiy tadbirlari 24-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Toshkentda tungi elektr uzilishi: 2 ta tumanning 17 ta hududida chiroq o‘chishi mumkin

Toshkentda tungi elektr uzilishi: 2 ta tumanning 17 ta hududida chiroq o‘chishi mumkin

Bunga podstansiyada profilaktik tekshiruv ishlari o‘tkazilishi sabab bo‘ladi.

O‘zLiDeP navbatdagi Kongressga tayyorgarlikni boshladi: konferensiyalar o‘tkazilmoqda

O‘zLiDeP navbatdagi Kongressga tayyorgarlikni boshladi: konferensiyalar o‘tkazilmoqda

Kongress delegatlari hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida faol bo‘lgan tadbirkorlar, fermerlar, ziyolilar, yoshlar va xotin-qizlar orasidan saylanmoqda.

98 tonna gaz talon-toroj qilinishiga yo‘l qo‘yilmadi: 409 ta urinish aniqlandi

98 tonna gaz talon-toroj qilinishiga yo‘l qo‘yilmadi: 409 ta urinish aniqlandi

Gaz taqsimotida hisob tizimini chetlab o‘tishga qaratilgan urinishlar aniqlanib, bir nechta xodimga nisbatan qonuniy choralar ko‘rildi.

“O‘zbekfilm” milliy kinokompaniyasi tashkil etiladi: kino sohasida yangi islohotlar

“O‘zbekfilm” milliy kinokompaniyasi tashkil etiladi: kino sohasida yangi islohotlar

Toshkent shahrida bolalar kinoijodkorligi maktabi va platformasi tashkil etiladi.

Yomg‘ir ortidan sel kelishi mumkin: Toshkent viloyati aholisi ogohlantirildi

Yomg‘ir ortidan sel kelishi mumkin: Toshkent viloyati aholisi ogohlantirildi

Ayrim joylarda yomg‘ir suvlari to‘planib, suv bosishiga olib kelishi mumkin.

Alifbo o‘zgarishi pullarga ta’sir qiladimi?

Alifbo o‘zgarishi pullarga ta’sir qiladimi?

Markaziy bank yangi alifbo joriy etilishi amaldagi banknotlarga ta’siri yuzasidan izoh berdi.

Xalqaro qidiruvdagi o‘zbekistonlik Turkiyada ushlandi: u firibgarlikda gumonlanmoqda

Xalqaro qidiruvdagi o‘zbekistonlik Turkiyada ushlandi: u firibgarlikda gumonlanmoqda

U fuqarolarning ishonchiga kirib, ularning mol-mulkini qo‘lga kiritgan.