Jahon

Yer aholisi ogohlantirildi: 2027-yil rekord darajadagi eng issiq yil bo‘lishi mumkin

Tinch okeanida so‘nggi bir asrdagi eng kuchli El-Nino hodisasi shakllanmoqdaю

Yer aholisi ogohlantirildi: 2027-yil rekord darajadagi eng issiq yil bo‘lishi mumkin

Buyuk Britaniyaning Met Office meteorologiya xizmati Tinch okeanida shakllanayotgan El-Nino hodisasi insonlar xotirasida kuzatilgan eng kuchli jarayonga aylanishi mumkinligini ma’lum qildi. Prognozlarga ko‘ra, hodisa 2026-yil oxirida kuchayib, 2027-yil global harorat bo‘yicha yangi rekord o‘rnatishi mumkin.

 

El-Nino — passat shamollarining zaiflashishi natijasida Tinch okeanining sharqiy qismida dengiz yuzasi haroratining davriy ko‘tarilishi bilan kechadigan tabiiy iqlim hodisasi. U odatda har ikki-yetti yilda takrorlanadi va to‘qqiz oydan 12 oygacha davom etadi. Hodisa dunyo bo‘ylab yog‘ingarchilik va harorat rejimlarini o‘zgartirib, qishloq xo‘jaligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

 

Met Office ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil oxiriga borib ekvatorial Tinch okeanidagi dengiz yuzasi harorati 3 darajadan ko‘proqqa oshishi kutilmoqda. Odatdagi El-Nino jarayonida harorat 1–2 darajaga ko‘tariladi, 2 darajalik o‘sish esa yirik hodisa hisoblanadi.

 

Met Office uzoq muddatli prognozlar bo‘limi rahbari Adam Skayfning ta’kidlashicha, agar mavjud prognozlar tasdiqlansa, 2026-yildagi El-Nino so‘nggi davrda kuzatilgan hodisalardan sezilarli darajada kuchli bo‘ladi. Boshqa prognoz tizimlari ham Tinch okeanidagi haroratning favqulodda yuqori darajaga ko‘tarilishini ko‘rsatmoqda.

 

Meteorologlarning prognoziga ko‘ra, kuchli El-Nino global o‘rtacha haroratning yanada oshishiga olib keladi. Shu sababli 2027-yil 2024-yilni ortda qoldirib, kuzatuvlar tarixidagi eng issiq yilga aylanishi ehtimoli yuqori.

 

Kuchli El-Nino dunyoning turli hududlarida qarama-qarshi iqlimiy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Ayrim tropik va janubiy yarimshar hududlarida qurg‘oqchilik kuchayishi, shimoli-g‘arbiy Yevropada esa yog‘ingarchilik va bo‘ronlar ko‘payishi kutilmoqda.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.