O'zbekiston

"Toshkent xalqaro yarimmarafoni" sabab ayrim ko‘chalarda harakat cheklanadi

Cheklovlar 6-sentyabr soat 05:00 dan 14:00 gacha amal qiladi.

"Toshkent xalqaro yarimmarafoni" sabab ayrim ko‘chalarda harakat cheklanadi

6-sentyabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston davlat mustaqilligining 35-yilligi munosabati bilan "Toshkent xalqaro yarimmarafoni" ommaviy yugurish musobaqasi o‘tkaziladi.

 

 

Tadbir ishtirokchilari va harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida 6-sentyabr kuni soat 05:00 dan 14:00 gacha poytaxtning ayrim ko‘chalarida avtotransport vositalari harakati vaqtincha cheklanadi.

 

 

Cheklovlar quyidagi ko‘chalarga taalluqli:

 

  • Islom Karimov ko‘chasi — Furqat ko‘chasidan Sharaf Rashidov shoh ko‘chasigacha;
  • Sharaf Rashidov shoh ko‘chasi — Afrosiyob ko‘chasidan Islom Karimov ko‘chasigacha;
  • Afrosiyob ko‘chasi — Islom Karimov ko‘chasidan Oybek ko‘chasigacha;
  • Oybek ko‘chasi — Afrosiyob ko‘chasidan Nukus ko‘chasigacha;
  • Nukus ko‘chasi — Oybek ko‘chasidan Abdulla Qodiriy ko‘chasigacha;
  • Abdulla Qodiriy ko‘chasi — Nukus ko‘chasidan Hamidulla Oripov ko‘chasigacha;
  • Hamidulla Oripov ko‘chasi — Abdulla Qodiriy ko‘chasidan Mustaqillik shoh ko‘chasigacha;
  • Mustaqillik shoh ko‘chasi — Mirzo Ulug‘bek shoh ko‘chasidan Amir Temur xiyobonigacha;
  • Amir Temur xiyoboni atrofidagi yo‘llar — Buxoro va Shahrisabz ko‘chalarigacha;
  • Alisher Navoiy ko‘chasi — Shahrisabz ko‘chasidan Furqat ko‘chasigacha;
  • Botir Zokirov ko‘chasi — Alisher Navoiy ko‘chasidan Afrosiyob ko‘chasigacha;
  • O‘qchi ko‘chasining Botir Zokirov ko‘chasiga tutash qismi.

 

Ishtirokchilar va tomoshabinlar soni ortgan taqdirda, ushbu hududlarga tutash ayrim yo‘llarda ham harakat vaqtincha cheklanishi mumkin.

 

Haydovchilarga safarlarini oldindan rejalashtirish, muqobil yo‘nalishlardan foydalanish hamda yo‘l belgilari va mas’ul xodimlarning ko‘rsatmalariga amal qilish tavsiya etildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev dehqon, fermerlar hamda barcha qishloq xo‘jaligi xodimlarini tabrikladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev dehqon, fermerlar hamda barcha qishloq xo‘jaligi xodimlarini tabrikladi

O‘zbekistonda ilk bor 5 million tonnadan ortiq paxta yetishtirildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘ladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘ladi

Prezident Markaziy Osiyo davlatlari yetakchilarining Aqaba jarayoni doirasidagi uchrashuvida ishtirok etadi.

Toshkentda havo sifati yaxshilanadi: yog‘ingarchilik kutilmoqda

Toshkentda havo sifati yaxshilanadi: yog‘ingarchilik kutilmoqda

Yog‘ingarchilik havodagi PM2.5 va PM10 zarrachalari miqdorini kamaytirib, havo sifatining yaxshilanishiga yordam berishi mumkin.

“O‘zgarishlarni eng murakkab joydan boshlash uchun bordik”: Saida Mirziyoyeva Qashqadaryodagi narkologiya muassasasida bo‘ldi

“O‘zgarishlarni eng murakkab joydan boshlash uchun bordik”: Saida Mirziyoyeva Qashqadaryodagi narkologiya muassasasida bo‘ldi

Mahalliy va xalqaro ekspertlar ishtirokida narkologiya tizimini tubdan yangilashga qaratilgan maxsus dastur ishlab chiqilishi ma’lum qilindi.

Filtri nosoz issiqxonalar va korxonalar faoliyati to‘xtatildi: havo sifati nazorati kuchaytirilmoqda

Filtri nosoz issiqxonalar va korxonalar faoliyati to‘xtatildi: havo sifati nazorati kuchaytirilmoqda

Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi havo sifatini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.

Qashqadaryoda 1,4 ming gektar tomorqa suv bilan barqaror ta’minlanadi

Qashqadaryoda 1,4 ming gektar tomorqa suv bilan barqaror ta’minlanadi

Saida Mirziyoyeva Qashqadaryoda suv ta’minotini yaxshilash masalalariga e’tibor qaratdi.

Toshkentda issiq suv nega loyqalandi? Veolia izoh berdi

Toshkentda issiq suv nega loyqalandi? Veolia izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda ayrim xonadonlarga jigarrang tusli issiq suv kelayotgani haqida xabarlar tarqaldi.

Olot tumani hokimi “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi

Olot tumani hokimi “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi

Uning hududni rivojlantirish, infratuzilmani yaxshilash, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi farovonligini oshirishga qo‘shgan hissasi e’tirof etildi.