O'zbekiston

Toshkentning to‘rt tumanida gaz ta’minoti vaqtincha cheklanadi

Gaz ta’minotidagi vaqtinchalik cheklovlar texnik ishlar yakunlangach bekor qilinadi.

Toshkentning to‘rt tumanida gaz ta’minoti vaqtincha cheklanadi

Ta’mirlash va texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan 2026-yil 4-sentyabr kuni Toshkent shahrining ayrim hududlarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” GTF matbuot xizmati ma’lum qildi.

 

Sergeli tumanida «Qubaytepa» MFY Sadiy ko‘chasidan o‘tgan o‘rta bosimli gaz quvurini xavfsiz hududga ko‘chirish ishlari sabab soat 10:00 dan 17:00 gacha gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Mazkur cheklov 356 ta xonadon va 12 ta ulgurji iste’molchiga ta’sir qiladi.

 

Bektemir tumanida «H. Bayqaro» MFY Yu. Chirchiq ko‘chasidagi gaz taqsimlash punktini yangisiga almashtirish ishlari sabab soat 10:00 dan 18:00 gacha gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Ushbu davrda 12 ta xonadon hamda 2-, 3- va 77-sonli ko‘p qavatli uylardagi 116 ta xonadon gaz ta’minotidan uziladi.

 

Yangihayot tumanida esa «Chortoq» MFY Gulzor 6-tor ko‘chasidagi aholi xonadonlarini gaz ta’minoti tizimini 3 bosqichli tizimdan 2 bosqichli tizimga o‘tkazish va gaz taqsimlash punktini demontaj qilish ishlari olib boriladi. Shu sabab soat 11:00 dan 16:00 gacha 38 ta xonadon va 3 ta ulgurji iste’molchiga gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi.

 

Shuningdek,  Mirzo Ulug‘bek tumanining ayrim hududlariga ham tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi.

 

Gaz ta’minoti soat 10:00 dan 17:00 gacha quyidagi hududlarda uziladi:

 

  • «Alisherobod» MFYdagi Anay buloq, Alisherobod, Jo‘shqin, Nihol, Yangi tong va Yangi avlod ko‘chalaridagi 5 ta ko‘p qavatli uy hamda 643 ta xonadon;
  • «Yangi Avayxon» MFYning Qorasuv-6 dahasidagi 42 ta ko‘p qavatli uydagi 2 769 ta xonadon;
  • mazkur hududlardagi 38 ta ulgurji iste’molchi.

 

Ta’mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.

 

Gaz ta’minoti filiali yuzaga keladigan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘ragan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev dehqon, fermerlar hamda barcha qishloq xo‘jaligi xodimlarini tabrikladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev dehqon, fermerlar hamda barcha qishloq xo‘jaligi xodimlarini tabrikladi

O‘zbekistonda ilk bor 5 million tonnadan ortiq paxta yetishtirildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘ladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘ladi

Prezident Markaziy Osiyo davlatlari yetakchilarining Aqaba jarayoni doirasidagi uchrashuvida ishtirok etadi.

Toshkentda havo sifati yaxshilanadi: yog‘ingarchilik kutilmoqda

Toshkentda havo sifati yaxshilanadi: yog‘ingarchilik kutilmoqda

Yog‘ingarchilik havodagi PM2.5 va PM10 zarrachalari miqdorini kamaytirib, havo sifatining yaxshilanishiga yordam berishi mumkin.

“O‘zgarishlarni eng murakkab joydan boshlash uchun bordik”: Saida Mirziyoyeva Qashqadaryodagi narkologiya muassasasida bo‘ldi

“O‘zgarishlarni eng murakkab joydan boshlash uchun bordik”: Saida Mirziyoyeva Qashqadaryodagi narkologiya muassasasida bo‘ldi

Mahalliy va xalqaro ekspertlar ishtirokida narkologiya tizimini tubdan yangilashga qaratilgan maxsus dastur ishlab chiqilishi ma’lum qilindi.

Filtri nosoz issiqxonalar va korxonalar faoliyati to‘xtatildi: havo sifati nazorati kuchaytirilmoqda

Filtri nosoz issiqxonalar va korxonalar faoliyati to‘xtatildi: havo sifati nazorati kuchaytirilmoqda

Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi havo sifatini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.

Qashqadaryoda 1,4 ming gektar tomorqa suv bilan barqaror ta’minlanadi

Qashqadaryoda 1,4 ming gektar tomorqa suv bilan barqaror ta’minlanadi

Saida Mirziyoyeva Qashqadaryoda suv ta’minotini yaxshilash masalalariga e’tibor qaratdi.

Toshkentda issiq suv nega loyqalandi? Veolia izoh berdi

Toshkentda issiq suv nega loyqalandi? Veolia izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda ayrim xonadonlarga jigarrang tusli issiq suv kelayotgani haqida xabarlar tarqaldi.

Olot tumani hokimi “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi

Olot tumani hokimi “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi

Uning hududni rivojlantirish, infratuzilmani yaxshilash, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi farovonligini oshirishga qo‘shgan hissasi e’tirof etildi.