O'zbekiston

Glinka ko‘chasidagi avariya holati yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yerosti gaz quvuridan sizib chiqqan gaz issiqlik tarmog‘i kamerasida to‘planishi oqibatida avariya holati yuzaga kelgan.

Glinka ko‘chasidagi avariya holati yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

 

Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati Glinka ko‘chasida yuz bergan hodisa yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berdi.

 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, diametri 219 millimetr bo‘lgan yerosti gaz quvuridan sizib chiqqan gaz issiqlik tarmog‘i kamerasida to‘planishi oqibatida avariya holati yuzaga kelgan.

 

O‘rganishlar davomida gaz quvurining taxminan 375 kvadrat santimetr (15×25 sm) maydonida bir nechta joydan gaz sizib chiqayotgani aniqlangan.

 

Ayni paytda tegishli soha mutaxassislari tomonidan hodisaning kelib chiqish sabablari va barcha tafsilotlari batafsil o‘rganilmoqda. Tekshiruv ishlari yakunlangach, shikastlangan yo‘l qoplamasini tiklash ishlari davom ettiriladi.

 

Yo‘l qoplamasini tiklash ishlari yakunlangach, Glinka ko‘chasida transport harakati qayta tiklanadi.

 

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. Tergov yakunlari bo‘yicha aybdor shaxslarning xatti-harakatlariga qonunchilikda belgilangan tartibda huquqiy baho beriladi.

 

Hodisa oqibatlarini bartaraf etish, uning sabablarini aniqlash, muhandislik tarmoqlarining holatini o‘rganish hamda kelgusida bunday holatlarning oldini olish masalalari Toshkent shahar hokimligining doimiy nazoratida ekanligi ma'lum qilindi.

“Madad” maxsus qutqaruv markazi tashkil etiladi: tizim yangilanadi

“Madad” maxsus qutqaruv markazi tashkil etiladi: tizim yangilanadi

Favqulodda vaziyatlarda qutqaruv ishlarini kuchaytirish, jumladan, 56 ta suv omborida xavfsizlik xizmatini kengaytirish rejalashtirilmoqda.

Ta’lim va ilm-fan vazirligi: o‘rinbosarlar tayinlandi

Ta’lim va ilm-fan vazirligi: o‘rinbosarlar tayinlandi

Prezident qarori bilan vazirlikda uchta yangi tayinlov amalga oshirildi.

Baliqchilik va limonchilik: minglab oilalar daromadi oshiriladi

Baliqchilik va limonchilik: minglab oilalar daromadi oshiriladi

O‘zbekistonda 4 mingdan ortiq quduq negizida baliqchilikni rivojlantirish, 200 gektar maydonda energotejamkor issiqxonalar qurish rejalashtirilmoqda.

28 million so‘mlik giyohvand modda: ikki fuqaro ushlandi

28 million so‘mlik giyohvand modda: ikki fuqaro ushlandi

Gumonlanuvchilardan birining xonadonidan ham giyohvand moddalar topilgan.

Marko Rubio: Saida nihoyatda iste’dodli, aqlli va mehnatkash inson

Marko Rubio: Saida nihoyatda iste’dodli, aqlli va mehnatkash inson

AQSh Davlat kotibi Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyevaning faoliyatini e’tirof etdi.

Elektr energiyasi importi qisqardi: O‘zbekistonda ishlab chiqarish 8,4 foizga oshdi

Elektr energiyasi importi qisqardi: O‘zbekistonda ishlab chiqarish 8,4 foizga oshdi

Elektr energiyasi eksporti 21,4 foizga oshgan, importi esa 27,2 foizga kamaygan.

Avtobus salonidagi musiqa yuzasidan shikoyat: haydovchiga ogohlantirish berildi

Avtobus salonidagi musiqa yuzasidan shikoyat: haydovchiga ogohlantirish berildi

Avtobus haydovchisining musiqani baland ovozda qo‘yib harakatlangani yo‘lovchilar e’tiroziga sabab bo‘ldi.

Birida 3 450, boshqasida 1 350 dollar: Umra va’dasi bilan bog‘liq holatlar fosh bo‘ldi

Birida 3 450, boshqasida 1 350 dollar: Umra va’dasi bilan bog‘liq holatlar fosh bo‘ldi

Samarqand va Namanganda fuqarolarni noqonuniy ravishda ziyoratga yuborishni va’da qilib, pul talab qilgan shaxslar ushlandi.