Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Jorja Meloniga maktub yo‘lladi

Prezident Jorja Melonini Italiya hukumati rahbari lavozimida eng uzoq muddat faoliyat yuritgan hukumat rahbari bo‘lgani bilan tabrikladi.

Shavkat Mirziyoyev Jorja Meloniga maktub yo‘lladi

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev Italiya Vazirlar Kengashi Raisi Jorja Meloniga maktub yo‘lladi.

 

Davlat rahbari Jorja Melonini Italiya Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi lavozimida shu vaqtga qadar eng uzoq muddat faoliyat yuritgan hukumat rahbari sifatida tarixdan munosib o‘rin olgani bilan samimiy muborakbod etdi.

 

Prezident ushbu natija Jorja Melonining siyosiy irodasi va qat’iyati, davlat boshqaruvidagi mas’uliyatni chuqur his etishi hamda Italiya xalqi tomonidan unga bildirilgan yuksak ishonchning yaqqol ifodasi ekanini ta’kidladi.

 

Maktubda Italiya milliy manfaatlarini qat’iy himoya qilish, mamlakatning Yevropa Ittifoqi va xalqaro maydondagi nufuzi hamda obro‘-e’tiborini yanada mustahkamlash borasida Jorja Meloni olib borayotgan sa’y-harakatlar alohida e’tirof etildi.

 

Shuningdek, Italiya Hukumati rahbarining O‘zbekistonga nisbatan do‘stona munosabati va ikki mamlakat o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni izchil kengaytirishga qaratayotgan doimiy e’tibori uchun minnatdorlik bildirildi.

 

O‘zbekiston Italiya bilan o‘rnatilgan strategik sheriklik munosabatlarini yuksak qadrlashi qayd etildi. Bugungi kunda siyosiy muloqot, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik, shuningdek, madaniy-gumanitar aloqalar izchil rivojlanib, ikki tomonlama munosabatlar sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilayotgani ta’kidlandi.

 

Maktub yakunida Prezident Shavkat Mirziyoyev Jorja Meloniga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt-saodat va mas’uliyatli davlat faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar, do‘st Italiya xalqiga esa tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va bardavom ravnaq tiladi.

O‘zbekiston va Turkmaniston Oliy darajadagi strategik sheriklik kengashini tuzadi

O‘zbekiston va Turkmaniston Oliy darajadagi strategik sheriklik kengashini tuzadi

Shavkat Mirziyoyev va Serdar Berdimuhamedov ikki tomonlama strategik sheriklikni chuqurlashtirish masalalarini muhokama qildi.

“Olti iqtisodiyot – bitta mahsulot” tamoyiliga o‘tishimiz kerak — Shavkat Mirziyoyev

“Olti iqtisodiyot – bitta mahsulot” tamoyiliga o‘tishimiz kerak — Shavkat Mirziyoyev

Prezident Turkmanistonda o‘tgan Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining sakkizinchi Maslahat uchrashuvida mintaqaviy hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berdi.

Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putinni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putinni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Rossiya yetakchilari telefon orqali muloqot qilib, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa yo‘nalishlardagi hamkorlikni muhokama qildi.

Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Turkmanistonga boradi

Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Turkmanistonga boradi

Prezident Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining maslahat uchrashuvi hamda MDH sammitida ishtirok etadi.

Shavkat Mirziyoyevga FAOning oliy mukofoti – “Agricola” medali topshirildi

Shavkat Mirziyoyevga FAOning oliy mukofoti – “Agricola” medali topshirildi

Prezident BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti bosh direktori bilan uchrashib, tashkilot bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.

Latviya O‘zbekiston fuqarolariga viza berishni to‘xtatmaydi — TIV

Latviya O‘zbekiston fuqarolariga viza berishni to‘xtatmaydi — TIV

O‘zbekiston TIVi Latviya tomonining o‘zbekistonliklarga viza berishni to‘xtatish ehtimoli yuzasidan muzokaralar o‘tkazdi.

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.