Jahon

Tarixda ilk bor 65 yoshdan oshganlar soni 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar sonidan oshib ketdi

Tug‘ilish darajasining pasayishi va umr ko‘rish davomiyligining oshishi dunyo demografik muvozanatini o‘zgartirmoqda.

Tarixda ilk bor 65 yoshdan oshganlar soni 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar sonidan oshib ketdi

 

Tarixda ilk bor dunyo bo‘yicha 65 yosh va undan katta yoshdagi aholi soni 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar sonidan oshib ketdi. Bu haqda Axios AQSh Aholini ro‘yxatga olish byurosi hisobotiga tayanib xabar berdi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, bunday demografik o‘zgarishga dunyo bo‘ylab tug‘ilish darajasining pasayishi va o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligining ortishi sabab bo‘lmoqda.

 

Prognozlarga ko‘ra, 65 yosh va undan katta yoshdagi aholi soni 2025-yildagi 852 milliondan 2060-yilga borib qariyb 2 milliardga yetadi. Shu davrda Yer yuzining umumiy aholisi 10,23 milliard kishiga yetishi kutilmoqda.

 

Hisobotda qayd etilishicha, 2013-yilda dunyo aholisining 45 foizi tug‘ilish darajasi avlodlar almashinuvini ta’minlaydigan 2,1 ko‘rsatkichga teng yoki undan past bo‘lgan mamlakatlarda yashagan. 2023-yilga kelib bu ulush 71 foizga yetgan.

 

Demografik o‘zgarish dunyoning eng ko‘p aholiga ega mamlakatlarida ham kuzatilmoqda. Xitoy va Hindistonda tug‘ilish darajasi hozirda avlodlar almashinuvini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan ko‘rsatkichdan past. Bangladesh, Meksika va Vyetnam kabi aholisi zich davlatlarda ham tug‘ilish darajasi 2013-yildan buyon ushbu chegaradan pastlagan.

 

Mutaxassislar fikricha, tug‘ilish darajasining pasayishi va aholining qarishi kelgusida mehnat bozori, ijtimoiy himoya hamda iqtisodiy tizimlarga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Isroil G‘arbiy sohilda harbiy operatsiya boshladi: ikki shahar blokadaga olindi

Isroil G‘arbiy sohilda harbiy operatsiya boshladi: ikki shahar blokadaga olindi

Operatsiya 23-oktyabr kuni ikki nafar Isroil harbiysi halok bo‘lgan hujumdan keyin boshlandi.

Rossiya Ukrainaga hujum qildi: qurbonlar bor

Rossiya Ukrainaga hujum qildi: qurbonlar bor

Hujumlar oqibatida Kiyev va Xarkovda tinch aholi vakillari jarohatlandi.

Tinchlik kelishuvini hozir tuzishga tayyorman — Zelenskiy

Tinchlik kelishuvini hozir tuzishga tayyorman — Zelenskiy

Ukraina prezidenti amaldagi front chizig‘i bo‘ylab o‘t ochishni to‘xtatishga tayyorligini, biroq Rossiyaga qo‘shimcha hududlarni berishga rozi emasligini bildirdi.

Ombordan olib ketilgan yuklar manzilga yetib bormagan: AQSHda o'zbekistonlik erkak sudlanmoqda

Ombordan olib ketilgan yuklar manzilga yetib bormagan: AQSHda o'zbekistonlik erkak sudlanmoqda

U yuk avtomobillari orqali tashiladigan tovarlarni o‘g‘irlash sxemasida ishtirok etganlikda ayblanmoqda.

Rossiya, Ukraina va AQSh muzokaralari qayerda o‘tkaziladi? Ikki manzil ko‘rib chiqilmoqda

Rossiya, Ukraina va AQSh muzokaralari qayerda o‘tkaziladi? Ikki manzil ko‘rib chiqilmoqda

AQSh rasmiysiga ko‘ra, uch tomonlama muzokaralar yaqin ikki hafta ichida o‘tkazilishi mumkin.

Yaqin Sharqdagi keskinlik: AQSh Saudiya Arabistonidagi elchixona xodimlarini olib chiqmoqda

Yaqin Sharqdagi keskinlik: AQSh Saudiya Arabistonidagi elchixona xodimlarini olib chiqmoqda

Shunga o‘xshash xavfsizlik choralari Yaqin Sharqdagi boshqa davlatlarda ham ko‘rilmoqda.

Qirg‘iz tilini bilish sinovi: Prezidentlikka nomzodlar ham imtihondan o‘ta olmadi

Qirg‘iz tilini bilish sinovi: Prezidentlikka nomzodlar ham imtihondan o‘ta olmadi

2026-yil yanvaridan oktabrigacha davlat tili imtihonini birinchi marta topshirganlarning 17,9 foizi muvaffaqiyatli natija ko‘rsatgan.

Brent nefti narxi 115 dollardan oshdi: narxlar may oyidan beri eng yuqori darajaga chiqdi

Brent nefti narxi 115 dollardan oshdi: narxlar may oyidan beri eng yuqori darajaga chiqdi

Narxlarning ko‘tarilishiga AQSh va Isroilning Eronga qarshi harbiy zarbalarni qayta boshlashi mumkinligi haqidagi xabarlar ham ta’sir ko‘rsatdi.