O'zbekiston

Uch hududda narkosavdogarlardan 12,7 kg giyohvandlik vositalari olindi

Ushlanganlardan biri sintetik giyohvandlik vositasini qo‘shni davlatdan “Cobalt” avtomobilining yoqilg‘i bakiga yashirib olib o‘tishga uringan.

Uch hududda narkosavdogarlardan 12,7 kg giyohvandlik vositalari olindi

 

Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar, Bojxona va Chegara qo‘shinlari xodimlari hamkorligida Toshkent viloyati, Toshkent shahri hamda Namangan viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda yirik miqdordagi giyohvandlik vositalari aniqlandi. Bu haqda DXX xabar berdi.

 

Jumladan, Bo‘stonliq tumanida o‘tkazilgan tadbirda Andijon viloyati Marhamat tumanida yashovchi, 2000-yilda tug‘ilgan shaxs boshqaruvidagi “Cobalt” avtomobili to‘xtatilgan. U tadbir ishtirokchilarining qonuniy talabiga bo‘ysunmasdan qochishga uringan va avtomobil salonidagi shubhali moddalarni uloqtirib yuborgan.

 

Transport vositasi va tegishli geolokatsiya ko‘zdan kechirilishi natijasida jami 5 kg “gashish” giyohvandlik vositasi protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.

 

Chilonzor tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa 2005-yilda tug‘ilgan xorijiy davlat fuqarosi ushlangan. Uning yonida va vaqtincha yashayotgan xonadonida turli oziq-ovqat mahsulotlari nomi ostida qadoqlangan paketlar aniqlangan.

 

Ulardan 4 kg 133 gr “3-xlorometkatinon”, 403 gr “Amfetamin”, 720 gr “MDMA” va 20 gr “kokain” giyohvandlik vositalari borligi aniqlangan.

 

Namangan viloyatining Uchqo‘rg‘on tumanidagi chegara-bojxona postida o‘tkazilgan tadbirda esa Chortoq tumanida yashovchi, 2000-yilda tug‘ilgan shaxs boshqaruvidagi “Lasetti” avtomobili tekshirilgan. Uning yoqilg‘i baki ichidan 2 kg 513 gr “Alfa-PVP” sintetik giyohvandlik vositasi topilgan.

 

Shuningdek, mazkur shaxs bilan birga chegaragacha kelgan va postni piyoda kesib o‘tib, O‘zbekiston hududida uni kutib turgan 2005-yilda tug‘ilgan chortoq­lik sherigi ham ushlandi.

 

Hozirda uchala holat yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Prezident V yozgi Paraosiyo o‘yinlari g‘oliblari va ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi

Prezident V yozgi Paraosiyo o‘yinlari g‘oliblari va ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi

Shavkat Mirziyoyev sportchilarning ota-onalari va murabbiylariga ham minnatdorlik bildirdi.

Maqsadli qabul imtihonlari: talabgorlar uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi

Maqsadli qabul imtihonlari: talabgorlar uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi

Xorijiy va nodavlat OTMlarga maqsadli qabul uchun ajratilgan jami 1652 ta kvota doirasidagi test sinovlari 28-oktyabr kuni o‘tkaziladi.

145 medal, tarixiy natija: O‘zbekiston paralimpiyachilari kuchli uchlikda

145 medal, tarixiy natija: O‘zbekiston paralimpiyachilari kuchli uchlikda

Bu delegatsiya tarixidagi eng yaxshi natija bo‘ldi.

Eron elchisi TIVga chaqirtirildi: O‘zbekiston norozilik notasini topshirdi

Eron elchisi TIVga chaqirtirildi: O‘zbekiston norozilik notasini topshirdi

Eronning xorijdagi elchixonalari Samarqandning tarixiy-madaniy merosini fors sivilizatsiyasiga bog‘lovchi postlar e’lon qilgandi.

Prezident ichki ishlar organlari xodimlariga tabrik yo‘lladi

Prezident ichki ishlar organlari xodimlariga tabrik yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev jinoyatlarning oldini olish, kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish va fuqarolarning ichki ishlar organlariga ishonchini mustahkamlash ustuvor vazifalar ekanini ta’kidladi.

Toshkent havosi ifloslanmoqda: ko‘chalarga suv purkash ishlari kuchaytirildi

Toshkent havosi ifloslanmoqda: ko‘chalarga suv purkash ishlari kuchaytirildi

Ushbu jarayonga qariyb 100 ta maxsus texnika jalb qilingan.

54,8 trln so‘m undirildi: MIB o‘tgan yilgi natijadan 14,4 trln so‘mga oshdi

54,8 trln so‘m undirildi: MIB o‘tgan yilgi natijadan 14,4 trln so‘mga oshdi

Mablag‘larning asosiy qismi davlat foydasiga yo‘naltirildi.

Uyatli so‘zlar va tarqalgan video: Qo‘qonda erkak 10 sutkaga qamaldi

Uyatli so‘zlar va tarqalgan video: Qo‘qonda erkak 10 sutkaga qamaldi

Jamoat joyida yurish-turish qoidalarini buzgan erkak jazolandi.