Jahon

AQSh xorijiy davlat xizmatchilari farzandlariga fuqarolik berishni cheklamoqchi

Taklif xorijiy elchixona va konsulliklarning ayrim xodimlari farzandlariga ham taalluqli bo‘lishi mumkin.

AQSh xorijiy davlat xizmatchilari farzandlariga fuqarolik berishni cheklamoqchi

 

AQSh ma’muriyati xorijiy davlat xizmatchilarining farzandlariga tug‘ilish orqali mamlakat fuqaroligini berishni cheklashni taklif qilmoqda. Bu haqda AQSh Ichki xavfsizlik departamentining 4-sentabr kuni Federal reyestrda e’lon qilingan bildirishnomasida ma’lum qilingan.

 

Departamentning bildirishnomasiga ko‘ra, amaldagi tartibda AQSh hududida tug‘ilgan xorijiy diplomatlarning farzandlari diplomatik maqom sababli avtomatik ravishda AQSh fuqaroligini olmaydi. Shu bilan birga, ular qonuniy doimiy rezident sifatida ro‘yxatdan o‘tish huquqiga ega.

 

Yangi yondashuvni kamida bir nafar ota-onasi xorijiy davlat xizmatchisi bo‘lgan, tug‘ilgan paytda ota-onasining hech biri AQSh fuqarosi bo‘lmagan bolalarga ham tatbiq etish taklif qilinmoqda.

 

Departament xorijiy davlat xizmatchilari qatoriga diplomatlardan tashqari, xorijiy elchixonalar va konsulliklarning ayrim xodimlari, shuningdek, ayrim xalqaro tashkilotlar vakillarini ham kiritmoqda.

 

Mazkur qoidalar 4-sentabrdan kuchga kirishi ko‘zda tutilgan edi. Biroq hozircha AQShda fuqarolik berish amaliyotiga o‘zgartirish kiritilmaydi.

 

Bunga sabab — 2-sentabr kuni Merilend shtatidagi federal okrug sudi Prezident Donald Trampning tug‘ilish orqali fuqarolikni cheklashga qaratilgan tegishli farmonini vaqtincha to‘xtatib qo‘ygani. Sud mazkur farmon AQSh Oliy sudining avvalgi qaroriga zid bo‘lishi mumkinligini qayd etgan.

 

Avvalroq, iyun oyida AQSh Oliy sudi Trampning tug‘ilish orqali fuqarolikni cheklashga qaratilgan boshqa farmoni bo‘yicha ham qaror chiqargan edi.

Ombordan olib ketilgan yuklar manzilga yetib bormagan: AQSHda o'zbekistonlik erkak sudlanmoqda

Ombordan olib ketilgan yuklar manzilga yetib bormagan: AQSHda o'zbekistonlik erkak sudlanmoqda

U yuk avtomobillari orqali tashiladigan tovarlarni o‘g‘irlash sxemasida ishtirok etganlikda ayblanmoqda.

Rossiya, Ukraina va AQSh muzokaralari qayerda o‘tkaziladi? Ikki manzil ko‘rib chiqilmoqda

Rossiya, Ukraina va AQSh muzokaralari qayerda o‘tkaziladi? Ikki manzil ko‘rib chiqilmoqda

AQSh rasmiysiga ko‘ra, uch tomonlama muzokaralar yaqin ikki hafta ichida o‘tkazilishi mumkin.

Yaqin Sharqdagi keskinlik: AQSh Saudiya Arabistonidagi elchixona xodimlarini olib chiqmoqda

Yaqin Sharqdagi keskinlik: AQSh Saudiya Arabistonidagi elchixona xodimlarini olib chiqmoqda

Shunga o‘xshash xavfsizlik choralari Yaqin Sharqdagi boshqa davlatlarda ham ko‘rilmoqda.

Qirg‘iz tilini bilish sinovi: Prezidentlikka nomzodlar ham imtihondan o‘ta olmadi

Qirg‘iz tilini bilish sinovi: Prezidentlikka nomzodlar ham imtihondan o‘ta olmadi

2026-yil yanvaridan oktabrigacha davlat tili imtihonini birinchi marta topshirganlarning 17,9 foizi muvaffaqiyatli natija ko‘rsatgan.

Brent nefti narxi 115 dollardan oshdi: narxlar may oyidan beri eng yuqori darajaga chiqdi

Brent nefti narxi 115 dollardan oshdi: narxlar may oyidan beri eng yuqori darajaga chiqdi

Narxlarning ko‘tarilishiga AQSh va Isroilning Eronga qarshi harbiy zarbalarni qayta boshlashi mumkinligi haqidagi xabarlar ham ta’sir ko‘rsatdi.

Iordaniyada cherkovga qurolli hujum: yetti kishi halok bo‘ldi, 34 kishi yaralandi

Iordaniyada cherkovga qurolli hujum: yetti kishi halok bo‘ldi, 34 kishi yaralandi

Dafn marosimi vaqtida cherkovga bostirib kirgan qurollangan shaxslar o‘t ochgan.

Tayvanda “Champi” to‘foni xavfi: qariyb mingta aviareys bekor qilindi

Tayvanda “Champi” to‘foni xavfi: qariyb mingta aviareys bekor qilindi

Tabiiy ofat oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, 163 kishi jarohatlandi.

Xalqaro qidiruv va hibs: O‘zbekistonda jinsiy jinoyatda gumonlangan erkak Rossiyada qo‘lga olindi

Xalqaro qidiruv va hibs: O‘zbekistonda jinsiy jinoyatda gumonlangan erkak Rossiyada qo‘lga olindi

Rossiyada noqonuniy yashab, qurilish maydonida ishlagan o‘zbekistonlik erkak nazorat-o‘tkazish punkti orqali mamlakatdan chiqib ketishga uringanida ushlangan.