O'zbekiston

Erta nikohni “yashirgan” amaldorlar jarimaga tortiladimi?

Yangi qonun loyihasi muhokamaga qoʻyildi.

Erta nikohni “yashirgan” amaldorlar jarimaga tortiladimi?

Bosh prokuratura tomonidan “Voyaga yetmaganlarning nikohi, homiladorligi va tugʻilishi haqida xabar bermaslik uchun jazo choralari belgilanishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi ishlab chiqilib, jamoatchilik muhokamasiga taqdim etildi.

 

Hujjatga koʻra, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga yangi — 188-5-modda kiritilishi taklif qilinmoqda. Ushbu modda doirasida davlat organi yoki boshqa tashkilotning mansabdor shaxsi yoxud xodimi oʻziga maʼlum boʻlgan huquqbuzarlik — jumladan, voyaga yetmaganning nikohga kirishi, homiladorligi yoki tugʻilishi haqidagi maʼlumotni ichki ishlar organlariga va Inson ijtimoiy xizmatlar markazlariga topshirmasa, bu holat huquqbuzarlik sifatida baholanadi.

 

Loyihada belgilangan jarima miqdorlari quyidagicha belgilangan.

 

Birinchi marta sodir etilganda:

 

fuqarolar va xodimlar uchun — 3 dan 5 baravar bazaviy hisoblash miqdorigacha (1,32 million soʻmdan 2,2 million soʻmgacha);

 

mansabdor shaxslar uchun — 5 dan 10 baravar bazaviy hisoblash miqdorigacha (2,2 million soʻmdan 4,4 million soʻmgacha).

 

Xuddi shu qoidabuzarlik maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin bir yil ichida takror sodir etilsa:

 

fuqarolar va xodimlar uchun — 5 dan 10 baravargacha (2,2 million soʻmdan 4,4 million soʻmgacha);

 

mansabdor shaxslar uchun — 10 dan 15 baravargacha (4,4 million soʻmdan 6,6 million soʻmgacha).

 

Shuningdek, loyihada ushbu modda boʻyicha ishlarni koʻrib chiqishni jinoyat ishlari boʻyicha sudlarning yurisdiktsiyasiga oʻtkazish ham taklif etilmoqda.

 

Hujjat hozircha jamoatchilik muhokamasida boʻlib, yakuniy koʻrinishi muhokama yakunlariga qarab oʻzgarishi mumkin.

Prezident V yozgi Paraosiyo o‘yinlari g‘oliblari va ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi

Prezident V yozgi Paraosiyo o‘yinlari g‘oliblari va ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi

Shavkat Mirziyoyev sportchilarning ota-onalari va murabbiylariga ham minnatdorlik bildirdi.

Maqsadli qabul imtihonlari: talabgorlar uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi

Maqsadli qabul imtihonlari: talabgorlar uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi

Xorijiy va nodavlat OTMlarga maqsadli qabul uchun ajratilgan jami 1652 ta kvota doirasidagi test sinovlari 28-oktyabr kuni o‘tkaziladi.

145 medal, tarixiy natija: O‘zbekiston paralimpiyachilari kuchli uchlikda

145 medal, tarixiy natija: O‘zbekiston paralimpiyachilari kuchli uchlikda

Bu delegatsiya tarixidagi eng yaxshi natija bo‘ldi.

Eron elchisi TIVga chaqirtirildi: O‘zbekiston norozilik notasini topshirdi

Eron elchisi TIVga chaqirtirildi: O‘zbekiston norozilik notasini topshirdi

Eronning xorijdagi elchixonalari Samarqandning tarixiy-madaniy merosini fors sivilizatsiyasiga bog‘lovchi postlar e’lon qilgandi.

Prezident ichki ishlar organlari xodimlariga tabrik yo‘lladi

Prezident ichki ishlar organlari xodimlariga tabrik yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev jinoyatlarning oldini olish, kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish va fuqarolarning ichki ishlar organlariga ishonchini mustahkamlash ustuvor vazifalar ekanini ta’kidladi.

Toshkent havosi ifloslanmoqda: ko‘chalarga suv purkash ishlari kuchaytirildi

Toshkent havosi ifloslanmoqda: ko‘chalarga suv purkash ishlari kuchaytirildi

Ushbu jarayonga qariyb 100 ta maxsus texnika jalb qilingan.

54,8 trln so‘m undirildi: MIB o‘tgan yilgi natijadan 14,4 trln so‘mga oshdi

54,8 trln so‘m undirildi: MIB o‘tgan yilgi natijadan 14,4 trln so‘mga oshdi

Mablag‘larning asosiy qismi davlat foydasiga yo‘naltirildi.

Uyatli so‘zlar va tarqalgan video: Qo‘qonda erkak 10 sutkaga qamaldi

Uyatli so‘zlar va tarqalgan video: Qo‘qonda erkak 10 sutkaga qamaldi

Jamoat joyida yurish-turish qoidalarini buzgan erkak jazolandi.