O'zbekiston

Samarqandda bolalar farovonligiga bag‘ishlangan Butunjahon sammiti o‘tkaziladi

Sammitda global muammolarning bolalar hayotiga ta’siri muhokama qilinadi.

Samarqandda bolalar farovonligiga bag‘ishlangan Butunjahon sammiti o‘tkaziladi

2026-yil 21–22-oktyabr kunlari Samarqand shahrida “Bolalar farovonligiga investitsiya: kelajak avlodlar uchun barqaror va adolatli taraqqiyot sari” mavzusida Butunjahon sammiti bo‘lib o‘tadi.

 

Tadbirda 100 dan ortiq mamlakatdan siyosiy yetakchilar, vazirlar, xalqaro tashkilotlar va ekspertlar, biznes hamjamiyati, fuqarolik jamiyati, akademik doiralar vakillari, shuningdek, bolalar va o‘smirlar ishtirok etishi kutilmoqda.

 

Sammitda mojarolar, iqlim o‘zgarishi, iqtisodiy beqarorlik va ijtimoiy tengsizlik kabi global muammolarning bolalar hayotiga ta’siri muhokama qilinadi.

 

Tadbir kun tartibidan bolalar manfaatlarini ko‘zlagan ijtimoiy himoya tizimini rivojlantirish, bolalarni himoya qilish va ularga kompleks ko‘mak ko‘rsatish, barqaror va qulay sog‘liqni saqlash tizimini shakllantirish, bolalar saratoniga qarshi kurash, erta bolalik rivoji hamda inklyuziv ta’lim bo‘yicha hamkorlikni kuchaytirish masalalari o‘rin oladi.

 

Sammit doirasida II xalqaro bolalar onkologiyasi kongressini o‘tkazish ham rejalashtirilgan.

 

Tadbir yakunida bolalar farovonligiga investitsiya qilish bo‘yicha Samarqand deklaratsiyasi qabul qilinishi ko‘zda tutilgan. Hujjat bolalar manfaatlarini ta’minlash borasidagi aniq choralar va xalqaro hamkorlikni kuchaytirishga qaratiladi.

 

Butunjahon sammiti 21–22-oktyabr kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadi.

“O‘zbekcha gapirishni so‘raganim uchun samolyotdan tushirishdi” — yo'lovchi murojaati

“O‘zbekcha gapirishni so‘raganim uchun samolyotdan tushirishdi” — yo'lovchi murojaati

Aviakompaniya Samara–Toshkent reysida yuz bergan mojaro yuzasidan rasmiy izoh berdi.

89 ta o‘lim: 2026-yilda moped va skuterlar ishtirokida 563 ta YTH qayd etildi

89 ta o‘lim: 2026-yilda moped va skuterlar ishtirokida 563 ta YTH qayd etildi

Qoidabuzarliklar soni bir yil ichida qariyb 20 barobarga oshgan.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.