O'zbekiston

Toshkentda bir kunda 22 ta YTH sodir bo‘ldi, 4 kishi jarohatlandi

4-sentabr kuni Toshkent avtobusda 1,2 mln, metroda esa 862 mingdan ortiq yo‘lovchi tashilgan.

Toshkentda bir kunda 22 ta YTH sodir bo‘ldi, 4 kishi jarohatlandi

 

4-sentabr kuni Toshkent shahrida jami 22 ta yo‘l-transport hodisasi qayd etildi. Ular oqibatida 4 nafar fuqaro og‘ir tan jarohati olgan.

 

Shuningdek, kun davomida poytaxt yo‘llarida 4 751 ta yo‘l harakati qoidabuzarligi aniqlangan.

 

Toshkent shahar Yo‘l harakatini tashkil etish markazi ma’lumotlariga ko‘ra, 4-sentabr kuni sutka davomida poytaxt ko‘chalarida 1 502 057 ta transport vositasi harakatlangan. Bu 3-sentabr kungi ko‘rsatkichdan 14 807 taga, ya’ni 1 foizga ko‘p.

 

Kun davomida jamoat transporti 170 ta yo‘nalishda 1 670 ta avtobus orqali tashkil etilib, 1 228 158 nafar yo‘lovchi tashilgan. Toshkent metropolitenidan esa ish kuni davomida 862 053 nafar yo‘lovchi foydalangan.

 

Tig‘iz vaqtlarda 6 ta chorrahada tirbandlik darajasi 7 ballga, yana 1 ta chorrahada 7 balldan yuqori ko‘rsatkichga yetgan.

 

Tirbandlik kuzatilgan hududlarda transport oqimini barqarorlashtirish maqsadida svetoforlarning ish rejimi muvofiqlashtirilib, ayrim yo‘nalishlarda yashil signal vaqti uzaytirilgan. Shuningdek, harakatni tartibga solish uchun tegishli chorrahalarga YPX xodimlari jalb etilgan.

 

Poytaxt yo‘llaridagi transport oqimi va tirbandlik holati real vaqt rejimida monitoring qilinib, harakat intensivligidan kelib chiqib svetoforlarning ish rejimiga tezkor o‘zgartirishlar kiritib borilmoqda.

Suvni ortiqcha olganlarga moliyaviy jazo: 2027-yildan yangi tartib kuchga kiradi

Suvni ortiqcha olganlarga moliyaviy jazo: 2027-yildan yangi tartib kuchga kiradi

Suv olish limitidan oshish, shartnomasiz yoki ruxsatnomasiz suv olish qoidabuzarlik hisoblanadi.

Noqonuniy suyultirilgan gaz savdosi: 3 mingdan ortiq gaz balloni olib qo‘yildi

Noqonuniy suyultirilgan gaz savdosi: 3 mingdan ortiq gaz balloni olib qo‘yildi

120 dan ortiq holatning 39 tasiga gaz ta’minoti idoralari xodimlarining aloqadorligi qayd etildi.

O‘zbekistonda ayrim xizmatlarda qog‘oz hujjat talab qilinmaydi: 33 ta idoraviy hujjat o‘zgartirildi

O‘zbekistonda ayrim xizmatlarda qog‘oz hujjat talab qilinmaydi: 33 ta idoraviy hujjat o‘zgartirildi

Endilikda banklar, notarial idoralar, aeroportlar va boshqa tashkilotlarda ayrim hujjatlarning elektron shaklidan foydalanish mumkin.

Samarqanddagi sammit doirasida «IMKON» markazining ochilish marosimi ham bo‘lib o‘tdi

Samarqanddagi sammit doirasida «IMKON» markazining ochilish marosimi ham bo‘lib o‘tdi

Markaz 2 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarga individual ehtiyojlaridan kelib chiqib, ta’lim va reabilitatsiya xizmatlarini ko‘rsatadi.

Global miqyosdagi natijalar e’tirofi: Ziroat Mirziyoyevaga topshirilgan JSST mukofoti kimlarga beriladi?

Global miqyosdagi natijalar e’tirofi: Ziroat Mirziyoyevaga topshirilgan JSST mukofoti kimlarga beriladi?

WHO Director-General’s Award — Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Bosh direktorining global sog‘liqni saqlash sohasidagi nufuzli xalqaro mukofoti.

Milliy sertifikat imtihonlariga ro‘yxatdan o‘tishda cheklov: senator so‘rovi yuborildi

Milliy sertifikat imtihonlariga ro‘yxatdan o‘tishda cheklov: senator so‘rovi yuborildi

Hududlar bo‘yicha imtihon o‘rinlarini taqsimlash mezonlari va talab yuqori bo‘lgan joylarda qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish masalasiga izoh berish so‘ralgan.

“Bolalar — kelajagimiz” degan qarashning o‘zi yetarli emas —Shahnoza Mirziyoyeva

“Bolalar — kelajagimiz” degan qarashning o‘zi yetarli emas —Shahnoza Mirziyoyeva

Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari bolalar farovonligini ta’minlash uchun hukumatlar, biznes vakillari, fuqarolik jamiyati va xalqaro tashkilotlar hamkorligini kuchaytirish zarurligini qayd etdi.

“Malika” bozorida quvlashmachoq: qidiruvdagi erkak qochayotganida mashinaga urilib ketdi

“Malika” bozorida quvlashmachoq: qidiruvdagi erkak qochayotganida mashinaga urilib ketdi

Fuqaro avtomobilga urilganiga qaramay, harakatini davom ettirgan, biroq ichki ishlar xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.