Jahon

“Yana ikkita urushni tugatishga yaqinmiz” — Tramp

AQSh prezidenti Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urush yakuniga yaqinlashayotganini ta’kidladi.

“Yana ikkita urushni tugatishga yaqinmiz” — Tramp

 

Donald Tramp Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urush hamda AQSh va Eron o‘rtasidagi mojaro yakuniga yaqinlashayotganini bildirdi. Uning aytishicha, har ikki mojaro tez orada tugashi mumkin.

 

Donald Tramp bu haqda Ayova shtatida tarafdorlari oldida qilgan nutqida ma’lum qildi.

 

Tramp avval boshlangan yoki boshlanishi mumkin bo‘lgan sakkizta urushni hal qilganini aytib, yana ikkita mojaroga chek qo‘yishga yaqin ekanini ta’kidlagan. U Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urush ham shu bosqichga yaqinlashayotganini bildirgan.

 

Shuningdek, AQSh prezidenti Eron bilan mojaro ham yaqin orada yakunlanishini taxmin qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, mojaro qanday yakunlanishidan qat’i nazar, bu jarayon energiya resurslari narxlarining pasayishiga olib kelishi mumkin.

 

Trampning bayonotiga ko‘ra, urushlarning tugashi neft va benzin narxlariga ham ta’sir ko‘rsatishi kutilmoqda.

 

Ayni paytda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiyaning Ukraina bo‘yicha uch tomonlama muzokaralarga qaytishga tayyorligini bildirgani haqida xabarlar tarqalgan. Tinchlik kelishuvi doirasida xavfsizlik masalalarini muhokama qilish ham kutilmoqda.

“Sizlar 7,5 million kishisiz, men esa bittaman” — Sadir Japarov

“Sizlar 7,5 million kishisiz, men esa bittaman” — Sadir Japarov

Qirg‘iziston prezidenti kuniga atigi to‘rt soat uxlashi va qolgan 20 soatini ish bilan o‘tkazishini maʼlum qildi.

To‘rt yillik sukunatdan keyin ziddiyat kuchaydi: Ar-Riyodda portlashlar eshitildi

To‘rt yillik sukunatdan keyin ziddiyat kuchaydi: Ar-Riyodda portlashlar eshitildi

Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiya husiylar uchirgan ballistik raketani urib tushirgan.

Xitoyda 7 magnitudali zilzila: kamida 16 kishi halok bo‘ldi

Xitoyda 7 magnitudali zilzila: kamida 16 kishi halok bo‘ldi

339 ta oilaning uyi vayron bo‘lgan, qutqaruv ishlari davom etmoqda.

Fransiyada Shamonda virusi ilk bor odamda aniqlandi: bemor vafot etdi

Fransiyada Shamonda virusi ilk bor odamda aniqlandi: bemor vafot etdi

Bu virus odamda ilk bor aniqlangan holat bo‘lib, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bemorga u mayda qon so‘ruvchi hasharot chaqishi orqali yuqqan.

Saudiya Arabistonidagi aeroportga navbatdagi hujum: bir kishi halok bo'ldi, sakkiz kishi yaralandi

Saudiya Arabistonidagi aeroportga navbatdagi hujum: bir kishi halok bo'ldi, sakkiz kishi yaralandi

Mamlakat sharqida yana to‘rtta dron urib tushirilgan.

Saylovdan keyingi reja: AQSh va Isroil Eronga qarshi operatsiyani ko‘rib chiqmoqda

Saylovdan keyingi reja: AQSh va Isroil Eronga qarshi operatsiyani ko‘rib chiqmoqda

Ehtimoliy hujumlarda yadroviy inshootlar, energetika infratuzilmasi, raketa va dron arsenallari nishonga olinishi mumkin.

Folbindan mijozgacha nazoratda: maxsus ro‘yxat shakllantirilmoqda

Folbindan mijozgacha nazoratda: maxsus ro‘yxat shakllantirilmoqda

Ichki ishlar vazirligi folbinlar, sehrgarlar, fohishalar, ularning mijozlari va oila a’zolarini maxsus ma’lumotlar bazasiga kiritib, doimiy monitoring qilishni boshladi.

Putin muzokaralarga rozi bo‘ldi: Rossiya, Ukraina va AQSh uchrashuvi kutilmoqda

Putin muzokaralarga rozi bo‘ldi: Rossiya, Ukraina va AQSh uchrashuvi kutilmoqda

Kreml muzokaralar 10-noyabr yoki undan keyin Abu-Dabida o‘tkazilishi mumkinligini ma’lum qildi.