Jahon

Kongo DRda to‘y marosimida yong‘in chiqib, 22 kishi halok bo‘ldi

Kongo bosh vazirining o‘rinbosari va ichki ishlar vaziri voqea joyiga tashrif buyurgan.

Kongo DRda to‘y marosimida yong‘in chiqib, 22 kishi halok bo‘ldi

Kongo Demokratik Respublikasi poytaxti Kinshasada to‘y marosimi vaqtida yuz bergan yong‘in oqibatida kamida 22 kishi halok bo‘ldi. Yana bir necha kishi jarohatlangan.

 

Hodisa juma kuni kechqurun shaharning shimolidagi Lingvala hududida joylashgan binoda sodir bo‘lgan. Yong‘in shanba kuni tonggacha davom etgan.

 

Yong‘in paytida odamlar binodan chiqishga uringan. Biroq tor yo‘laklar odamlar bilan to‘lib qolgan va bu ularning binoni tezda tark etishiga xalaqit bergan. Voqea joyida ayrim tirik va halok bo‘lganlar yo‘l chetiga yotqizilgan, marosim ishtirokchilari esa jabrlanganlarga yordam ko‘rsatishga harakat qilgan.

 

Lingvala meri Norbert Mushinga qurbonlar soni dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra 22 kishini tashkil etayotganini bildirgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, halok bo‘lganlar soni yana oshishi mumkin.

 

Yong‘inning kelib chiqish sababi hozircha aniqlanmagan. Kongo bosh vazirining o‘rinbosari va ichki ishlar vaziri Jakvumin Shabani shanba kuni ertalab voqea joyiga tashrif buyurgan.

 

Kinshasaning aholi zich joylashgan hududlarida yong‘inlar tez-tez sodir bo‘ladi. Mahalliy OAVga ko‘ra, shaharda quruq mavsumda bunday hodisalar ko‘payadi. Shaharning ayrim hududlarida yong‘in xavfsizligi xizmatlari kabi zarur infratuzilma yetarli darajada ta’minlanmagan.

Flydubai reysidagi hodisa ortida Eron turgan bo‘lishi mumkin — Tramp

Flydubai reysidagi hodisa ortida Eron turgan bo‘lishi mumkin — Tramp

Biroq AQSH vitse-prezidenti hozircha buni tasdiqlovchi maʼlumot yo‘qligini bildirgan.

Dunyoda o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 73,3 yoshga yetdi — JSST

Dunyoda o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 73,3 yoshga yetdi — JSST

Demensiya, depressiv buzilishlar va boshqa yuqumli bo‘lmagan kasalliklar bilan bog‘liq ko‘rsatkichlar oshgan.

“Uchinchisi yo‘q”: Aliyev AQSH va Xitoyni dunyoning ikki superkuchi deb atadi

“Uchinchisi yo‘q”: Aliyev AQSH va Xitoyni dunyoning ikki superkuchi deb atadi

Uning taʼkidlashicha, Boku har ikki davlat bilan strategik sheriklik aloqalarini o‘rnatgan.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.