O'zbekiston

Buxoroda 7 ta dorixonada noqonuniy savdoda bo‘lgan 101 turdagi dori vositasi aniqlandi

Nazorat tadbirlari “Arzon apteka bot”dagi e’lonlar asosida o‘tkazilgan.

Buxoroda 7 ta dorixonada noqonuniy savdoda bo‘lgan 101 turdagi dori vositasi aniqlandi

Buxoro viloyatidagi 7 ta dorixonada muvofiqlik sertifikatiga ega bo‘lmagan 101 turdagi hamda yaroqlilik muddati o‘tgan 5 turdagi dori vositasi savdoda ekani aniqlandi. Dorilar “Arzon apteka bot” ilovasidagi e’lonlar asosida o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida savdodan olindi.

 

Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi ma’lumotiga ko‘ra, nazorat tadbirlari “Berodual”, “Aktovegin” va “Kalimin 60 H” dori vositalarining noqonuniy realizatsiyasi bo‘yicha ilovaga joylashtirilgan e’lonlar asosida o‘tkazilgan.

 

O‘rganishlar davomida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan va O‘zbekistonda tibbiyot amaliyotida qo‘llashga ruxsat etilmagan mazkur dori vositalari savdosi bilan bog‘liq holatlar aniqlangan.

 

Savdodan olingan dori vositalari laboratoriya ekspertizasidan o‘tkazilmoqda. Aniqlangan holatlarga huquqiy baho berish yuzasidan tegishli ishlar olib borilmoqda.

 

Shuningdek, “Arzon apteka bot” ilovasida dorixona sifatida ko‘rsatilgan “Online 5” subyekti faoliyati ham o‘rganilgan. Buxoro shahri, Bahovuddin Naqshband ko‘chasi, 309/1-uy manzilida dorixona emas, balki “BTS” tezkor pochta xizmatining Buxoro viloyati ofisi faoliyat yuritayotgani aniqlangan.

 

Markaz “Arzon apteka bot” kabi platformalarda dori vositalari va ularni sotuvchi subyektlar haqidagi ma’lumotlarning haqqoniyligi hamda dorixonalarning qonuniy faoliyat yuritishiga e’tibor qaratish zarurligini ta’kidladi.

 

Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi sifatsiz, qalbakilashtirilgan, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan yoki tibbiyotda qo‘llashga ruxsat etilmagan dori vositalari savdosining oldini olish bo‘yicha nazorat tadbirlari boshqa hududlarda ham davom ettirilishini ma’lum qildi.

Afg‘onistonda yer silkinishi: zilzila O‘zbekiston hududlarida sezildi

Afg‘onistonda yer silkinishi: zilzila O‘zbekiston hududlarida sezildi

Afg‘onistonning Badaxshon hududida 5,4 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi.

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik: Toshkentda suv ta’minotida uzilishlar bo‘ladi

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik: Toshkentda suv ta’minotida uzilishlar bo‘ladi

Bunga kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida suv tarmoqlarida olib boriladigan rejali ta’mirlash ishlari sabab bo‘ladi.

O‘zbekistonda yashash va ovqatlanish: qaysi hududda qancha xizmat ko‘rsatildi?

O‘zbekistonda yashash va ovqatlanish: qaysi hududda qancha xizmat ko‘rsatildi?

2026-yilning dastlabki sakkiz oyida yashash va ovqatlanish xizmatlari hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 14,4 foizga o‘sdi.

Prezident V yozgi Paraosiyo o‘yinlari g‘oliblari va ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi

Prezident V yozgi Paraosiyo o‘yinlari g‘oliblari va ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi

Shavkat Mirziyoyev sportchilarning ota-onalari va murabbiylariga ham minnatdorlik bildirdi.

Maqsadli qabul imtihonlari: talabgorlar uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi

Maqsadli qabul imtihonlari: talabgorlar uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi

Xorijiy va nodavlat OTMlarga maqsadli qabul uchun ajratilgan jami 1652 ta kvota doirasidagi test sinovlari 28-oktyabr kuni o‘tkaziladi.

145 medal, tarixiy natija: O‘zbekiston paralimpiyachilari kuchli uchlikda

145 medal, tarixiy natija: O‘zbekiston paralimpiyachilari kuchli uchlikda

Bu delegatsiya tarixidagi eng yaxshi natija bo‘ldi.

Eron elchisi TIVga chaqirtirildi: O‘zbekiston norozilik notasini topshirdi

Eron elchisi TIVga chaqirtirildi: O‘zbekiston norozilik notasini topshirdi

Eronning xorijdagi elchixonalari Samarqandning tarixiy-madaniy merosini fors sivilizatsiyasiga bog‘lovchi postlar e’lon qilgandi.

Prezident ichki ishlar organlari xodimlariga tabrik yo‘lladi

Prezident ichki ishlar organlari xodimlariga tabrik yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev jinoyatlarning oldini olish, kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish va fuqarolarning ichki ishlar organlariga ishonchini mustahkamlash ustuvor vazifalar ekanini ta’kidladi.