Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Jahon bojxona tashkiloti bosh kotibini qabul qildi

Uchrashuvda bojxona ma’muriyatchiligini takomillashtirish, tizimni raqamlashtirish va xalqaro hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Shavkat Mirziyoyev Jahon bojxona tashkiloti bosh kotibini qabul qildi

 

Shavkat Mirziyoyev 7-sentabr kuni Toshkentda yettinchi Global kinologiya forumida ishtirok etish doirasida O‘zbekistonda bo‘lib turgan Jahon bojxona tashkiloti bosh kotibi Yan Sondersni qabul qildi.

 

Uchrashuvda bojxona ma’muriyatchiligini takomillashtirish, bojxona organlari salohiyatini mustahkamlash hamda huquqbuzarliklarga qarshi kurashish borasidagi amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

 

O‘zbekistonda bojxona sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida eksport yuklarining 94 foizi, import yuklarining esa 87 foizi soddalashtirilgan tartibda rasmiylashtirilayotgani qayd etildi. Deklaratsiyalarni rasmiylashtirish vaqti 20 daqiqagacha qisqartirilgan.

 

Tomonlar bojxona tartib-taomillarini yanada raqamlashtirish va uyg‘unlashtirish, normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, shuningdek, bojxona organlari xodimlarini o‘qitish va malakasini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratdilar.

 

Mamlakatimizning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishga tayyorgarligi doirasida bojxona tizimini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish muhimligi ta’kidlandi.

 

Uchrashuv yakunida hamkorlikni yanada chuqurlashtirish va bojxona ma’muriyatchiligini takomillashtirishga qaratilgan aniq chora-tadbirlarni o‘z ichiga oluvchi “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish va qabul qilish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

JSSTdan xalqaro e’tirof: Ziroat Mirziyoyeva nufuzli mukofot bilan taqdirlandi

JSSTdan xalqaro e’tirof: Ziroat Mirziyoyeva nufuzli mukofot bilan taqdirlandi

JSST Bosh direktori bolalar onkologiyasi sohasidagi yetakchiligi va bolalar salomatligini himoya qilishga qo‘shgan hissasi uchun O‘zbekiston Birinchi xonimiga xalqaro mukofotni topshirdi.

Saida Mirziyoyeva Oguljahon Atabayeva va Laylo Aliyeva bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Oguljahon Atabayeva va Laylo Aliyeva bilan uchrashdi

Ashxoboddagi muloqotda O‘zbekiston, Turkmaniston va Ozarbayjon o‘rtasidagi do‘stlik, o‘zaro ishonch hamda hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

“Biznes aniq qoidalar va ochiq eshiklar bor joyga intiladi” — Saida Mirziyoyeva

“Biznes aniq qoidalar va ochiq eshiklar bor joyga intiladi” — Saida Mirziyoyeva

Prezident Administratsiyasi rahbari O‘zbekiston har bir Amerika kompaniyasi bilan bevosita muloqot o‘rnatishni rejalashtirayotganini bildirdi.

Janett Rubio Samarqandning tarixi va milliy hunarmandchiligi bilan tanishdi

Janett Rubio Samarqandning tarixi va milliy hunarmandchiligi bilan tanishdi

Unga Saida Mirziyoyeva hamrohlik qildi.

“Samarqand global savdo chorrahasi” — Rubio

“Samarqand global savdo chorrahasi” — Rubio

AQSh Davlat kotibining aytishicha, yuzlab Amerika kompaniyalari O‘zbekistonga uzoq muddatli hamkorlik uchun kelgan.

“AQSH Davlat kotibining ilk tashrifi Samarqandda o‘tayotgani ramziy ma’noga ega” — Saida Mirziyoyeva

“AQSH Davlat kotibining ilk tashrifi Samarqandda o‘tayotgani ramziy ma’noga ega” — Saida Mirziyoyeva

Saida Mirziyoyeva va Marko Rubio Samarqanddagi Registon maydoniga tashrif buyurdi.

Kosmik hamkorlik: O‘zbekiston–AQSh Artemida bitimlarini imzoladi

Kosmik hamkorlik: O‘zbekiston–AQSh Artemida bitimlarini imzoladi

Samarqandda Baxtiyor Saidov va Marko Rubio O‘zbekiston–AQSh strategik sherikligini rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.

Trampning O‘zbekistonga safari qachon bo‘ladi? Rubio javob berdi

Trampning O‘zbekistonga safari qachon bo‘ladi? Rubio javob berdi

Marko Rubioning aytishicha, safar muddatlari kelasi yili ko‘rib chiqiladi.