O'zbekiston

Toshkentdan Mavrikiyga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar yo‘lga qo‘yiladi

Dastlab dekabr va yanvar oylarida jami to‘rtta reys amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Toshkentdan Mavrikiyga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar yo‘lga qo‘yiladi

2026-yil 26-dekabrdan Toshkent — Mavrikiy yo‘nalishida ilk bor to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi. Dastlab dekabr va yanvar oylarida jami to‘rtta reys amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Bu haqda O‘zbekiston va Mavrikiy turizm tadbirkorlari ishtirokida o‘tkazilgan ikki tomonlama muloqotda ma’lum qilindi.

 

Tadbir “Prestige Travel” kompaniyasi tashabbusi bilan Turizm qo‘mitasi hamkorligida tashkil etilgan. Unda Mavrikiyning turizm kompaniyalari va mehmonxona brendlari vakillari, shuningdek, O‘zbekiston turoperatorlari qatnashgan.

 

2027-yil iyunidan Toshkent — Mavrikiy yo‘nalishida haftasiga bir marta muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirish ko‘zda tutilmoqda.

 

Yangi yo‘nalish orqali Toshkentning Markaziy Osiyo va MDH davlatlaridan Mavrikiyga yo‘lovchilarni yo‘naltiruvchi tranzit markaz sifatidagi salohiyatini oshirish maqsad qilingan. Xususan, Qozog‘iston, Rossiya va boshqa MDH davlatlari fuqarolarining Toshkent orqali Mavrikiyga borishi uchun imkoniyat yaratiladi.

 

Shuningdek, to‘g‘ridan-to‘g‘ri qatnovlar ikki mamlakat o‘rtasidagi turistik almashinuvni kengaytirishi kutilmoqda. Mavrikiydan O‘zbekistonga sayyohlarni jalb qilish uchun Samarqand, Buxoro, Xiva va Toshkentning tarixiy-madaniy merosi, islom sivilizatsiyasi bilan bog‘liq qadamjolar hamda milliy oshxonaga asoslangan turistik mahsulotlarni taklif etish rejalashtirilmoqda.

 

Aviaqatnovlar “Ochiq turizm mavsumi” dasturi doirasida yo‘lga qo‘yilmoqda. Dastur doirasida yangi yo‘nalish ochayotgan aviatashuvchilarga har bir jalb qilingan xorijiy turist uchun 100 dollar subsidiya va aeroport xizmatlarida 20 foizlik chegirma berilishi, mahalliy turoperatorlarga esa uzoq xorijdan jalb qilingan har 1000 turist uchun 5000 dollar subsidiya ajratilishi ko‘zda tutilgan.

Toshkentda ayol tug‘ruqdan so‘ng komaga tushgan: prokuratura surishtiruv o‘tkazmoqda

Toshkentda ayol tug‘ruqdan so‘ng komaga tushgan: prokuratura surishtiruv o‘tkazmoqda

Ayol yarim yildan buyon og'ir ahvolda ekani aytilmoqda. Sog‘liqni saqlash boshqarmasi holat yuzasidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilganini ma’lum qildi.

Misrga borayotgan o‘zbekistonliklar uchun yangi talablar: 1-noyabrdan tartib o‘zgaradi

Misrga borayotgan o‘zbekistonliklar uchun yangi talablar: 1-noyabrdan tartib o‘zgaradi

40 yoshgacha bo‘lganlar oilasi va 5 ming dollar naqd pul bilan, 40 yoshdan oshganlar esa kamida 3 ming dollar mablag‘ bilan safar qilishi shart.

Kuchli ta’sir qiluvchi dorilar: ikki holat fosh etildi

Kuchli ta’sir qiluvchi dorilar: ikki holat fosh etildi

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

“Real Sanjik” ishi: jazo o‘zgarishsiz qoldirildi

“Real Sanjik” ishi: jazo o‘zgarishsiz qoldirildi

Sudda apellyatsiya shikoyatlari qisman qanoatlantirildi.

Qozog‘iston orqali Tailand va Turkiyaga olib chiqilgan fuqarolar: xalqaro qidiruvdagi shaxs ushlandi

Qozog‘iston orqali Tailand va Turkiyaga olib chiqilgan fuqarolar: xalqaro qidiruvdagi shaxs ushlandi

U Turkiyada qo‘lga olinib, O‘zbekistonga olib kelingan.

Toshkent metrosida 10 ming dollar topildi: pul egasiga qaytarildi

Toshkent metrosida 10 ming dollar topildi: pul egasiga qaytarildi

Pul egasi mashina olish uchun kelgan Qozog‘iston fuqarosi ekanligi aniqlangan.

“Umra”ga yuborish evaziga 1 100 dollar: Farg‘onada turfirma xodimi ushlandi

“Umra”ga yuborish evaziga 1 100 dollar: Farg‘onada turfirma xodimi ushlandi

U tegishli litsenziyasiz 4 nafar fuqaroni ziyoratga yuborish uchun 4 400 dollar talab qilgan.

Omonatga xiyonat: bank xodimi 13 nafar fuqaroning omonat pullarini o‘zlashtirdi

Omonatga xiyonat: bank xodimi 13 nafar fuqaroning omonat pullarini o‘zlashtirdi

Xodim fuqarolardan olingan 1,3 mlrd so‘mni bank kassasiga kiritmasdan, o‘z ehtiyojlariga sarflagani fosh etildi.