O'zbekiston

Litsenziyalashdagi huquqbuzarliklar haqida xabar berganlar rag‘batlantiriladi

Ularga undirilgan jarimaning 10 foizi miqdorida mukofot beriladi.

Litsenziyalashdagi huquqbuzarliklar haqida xabar berganlar rag‘batlantiriladi

 

O‘zbekistonda litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillariga oid huquqbuzarliklar haqida vakolatli organlarga xabar bergan jismoniy va yuridik shaxslarni pul mukofoti bilan rag‘batlantirish tartibi belgilandi.

 

Bu Hukumatning 2026-yil 4-sentabrdagi 466-son qarori bilan tasdiqlangan nizomda nazarda tutilgan.

 

Unga ko‘ra, fuqarolar va yuridik shaxslar litsenziyalash, ruxsat berish hamda xabardor qilish tartib-taomillariga oid aniqlangan huquqbuzarliklar haqida vakolatli organlarga xabar berishi mumkin.

 

Xabarlar maxsus elektron tizim yoki Adliya vazirligining mobil ilovasi orqali yuboriladi.

 

Videotexnika vositalari orqali qayd etilgan huquqbuzarlik bo‘yicha taqdim etiladigan foto va videomateriallarda huquqbuzarlikning o‘zi, huquqbuzar haqidagi ma’lumotlar mavjud bo‘lsa, shuningdek, hodisa sodir etilgan sana va vaqt aks etgan bo‘lishi kerak.

 

Vakolatli organ kelib tushgan xabarni 10 ish kuni davomida ko‘rib chiqadi.

 

Agar xabarda keltirilgan ma’lumotlar tasdiqlansa va uning asosida vakolatli organ yoki sud tomonidan aybdor shaxsni javobgarlikka tortish to‘g‘risida qaror qabul qilinsa, undirilgan jarimaning 10 foizi miqdorida bir martalik pul mukofoti xabar bergan shaxsga beriladi.

Misrga borayotgan o‘zbekistonliklar uchun yangi talablar: 1-noyabrdan tartib o‘zgaradi

Misrga borayotgan o‘zbekistonliklar uchun yangi talablar: 1-noyabrdan tartib o‘zgaradi

40 yoshgacha bo‘lganlar oilasi va 5 ming dollar naqd pul bilan, 40 yoshdan oshganlar esa kamida 3 ming dollar mablag‘ bilan safar qilishi shart.

Kuchli ta’sir qiluvchi dorilar: ikki holat fosh etildi

Kuchli ta’sir qiluvchi dorilar: ikki holat fosh etildi

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

“Real Sanjik” ishi: jazo o‘zgarishsiz qoldirildi

“Real Sanjik” ishi: jazo o‘zgarishsiz qoldirildi

Sudda apellyatsiya shikoyatlari qisman qanoatlantirildi.

Qozog‘iston orqali Tailand va Turkiyaga olib chiqilgan fuqarolar: xalqaro qidiruvdagi shaxs ushlandi

Qozog‘iston orqali Tailand va Turkiyaga olib chiqilgan fuqarolar: xalqaro qidiruvdagi shaxs ushlandi

U Turkiyada qo‘lga olinib, O‘zbekistonga olib kelingan.

Toshkent metrosida 10 ming dollar topildi: pul egasiga qaytarildi

Toshkent metrosida 10 ming dollar topildi: pul egasiga qaytarildi

Pul egasi mashina olish uchun kelgan Qozog‘iston fuqarosi ekanligi aniqlangan.

“Umra”ga yuborish evaziga 1 100 dollar: Farg‘onada turfirma xodimi ushlandi

“Umra”ga yuborish evaziga 1 100 dollar: Farg‘onada turfirma xodimi ushlandi

U tegishli litsenziyasiz 4 nafar fuqaroni ziyoratga yuborish uchun 4 400 dollar talab qilgan.

Omonatga xiyonat: bank xodimi 13 nafar fuqaroning omonat pullarini o‘zlashtirdi

Omonatga xiyonat: bank xodimi 13 nafar fuqaroning omonat pullarini o‘zlashtirdi

Xodim fuqarolardan olingan 1,3 mlrd so‘mni bank kassasiga kiritmasdan, o‘z ehtiyojlariga sarflagani fosh etildi.

“Yorqin xonadon”: “Temir daftar”dagi 1 197 ta oilaga quyosh panellari bepul o‘rnatiladi

“Yorqin xonadon”: “Temir daftar”dagi 1 197 ta oilaga quyosh panellari bepul o‘rnatiladi

Loyiha ehtiyojmand oilalarning elektr energiyasi xarajatlarini kamaytirish va ortiqcha ishlab chiqarilgan elektr energiyasini tarmoqqa sotish orqali qo‘shimcha daromad olishiga imkon beradi.