Jahon

Xitoy va Rossiya Shimoliy Koreya bilan strategik aloqalarni kuchaytirishini bildirdi

Si Szinpin va Vladimir Putin Kim Chen Inga KXDR tashkil topganining 78 yilligi munosabati bilan yo‘llagan tabrik maktublarida Pxenyan bilan hamkorlikni yana-da rivojlantirishga tayyorligini taʼkidlagan.

Xitoy va Rossiya Shimoliy Koreya bilan strategik aloqalarni kuchaytirishini bildirdi


Xitoy raisi Si Szinpin va Rossiya prezidenti Vladimir Putin Shimoliy Koreya tashkil topganining 78 yilligi munosabati bilan mamlakat yetakchisi Kim Chen Inga tabrik maktublari yo‘llab, Pxenyan bilan strategik aloqalarni mustahkamlashga tayyor ekanini bildirgan. Bu haqda Shimoliy Koreya davlat axborot agentligiga tayanib, Reuters xabar qildi.



Si Szinpin maktubida Xitoy Shimoliy Koreya bilan munosabatlarni strategik jihatdan rivojlantirishni davom ettirish va ikki davlat taraqqiyotini ilgari surish uchun Kim Chen In bilan hamkorlik qilishga tayyorligini bildirgan.



Xitoy rahbari Pekin va Pxenyan o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash va rivojlantirish Xitoy Kommunistik partiyasi hamda hukumatining «izchil va o‘zgarmas siyosati» bo‘lib qolishini taʼkidlagan. Shuningdek, u iyun oyida Pxenyanga amalga oshirgan tashrifi ikki davlat munosabatlari rivojida «yangi sahifa» ochganini qayd etgan.



Putin esa o‘z maktubida Kim Chen In bilan «eng yaqin hamkorlik»ni davom ettirib, Rossiya va Shimoliy Koreya o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklikni yana-da mustahkamlash niyatida ekanini bildirgan.



Rossiya prezidenti Moskva va Pxenyan o‘rtasidagi aloqalar mintaqaviy xavfsizlikni taʼminlash hamda «yana-da adolatli, ko‘p qutbli dunyo tartibi»ni shakllantirishga xizmat qilishini taʼkidlagan.



Si Szinpin va Putinning maktublari Shimoliy Koreya hukmron Ishchilar partiyasining «Rodong Sinmun» gazetasining birinchi sahifasida eʼlon qilingan.



Shimoliy Koreya 9 sentyabr kuni 1948 yilda tashkil topganining 78 yilligini nishonlagan. Keltirilgan maʼlumotlarga ko‘ra, Kim Chen Inga Vyetnam, Laos, Kambodja, Mo‘g‘uliston, Shvetsiya, Belarus, Singapur, Shveysariya va Zimbabve kabi davlatlar rahbarlari ham tabrik yo‘llagan.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.