20 millionlik jarimani “yo‘q qilish” 500 dollarga tushdi
Samarqandda “Energosavdo” muhandisi 20 mln so‘mlik jarimani bekor qilish evaziga pul talab qilgan.

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Toyloq tuman bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda “Energosavdo” Toyloq tuman bo‘limi muhandisi P. M. fuqaro M. E. ga qo‘llanilgan 20 mln so‘mlik jarimani bekor qilib berish, shuningdek, yangi elektr hisoblagich o‘rnatib, tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish evaziga 500 AQSH dollarini olayotgan vaqtida ashyoiy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlikka suiqasd) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.








