O'zbekiston

Glinkadagi portlashdan keyin “navbat” yana 10 ta gaz quvurlariga keldi

Hodisadan so‘ng Toshkentning boshqa hududlaridagi gaz tarmoqlarini tekshirish uchun maxsus ishchi guruh tuzildi.

Glinkadagi portlashdan keyin “navbat” yana 10 ta gaz quvurlariga keldi



Toshkent shahrining Glinka ko‘chasida yer osti gaz quvuridan sizib chiqqan gaz oqibatida yuzaga kelgan chaqnashdan so‘ng poytaxt hududidagi gaz tarmoqlarini qo‘shimcha tekshirish ishlari olib borilmoqda.



Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, 3 sentyabr kuni Glinka ko‘chasida sodir bo‘lgan hodisadan keyin Toshkent shahar hokimligi topshirig‘iga asosan maxsus ishchi guruh tashkil etilgan. Unga “Veolia Energy Tashkent”, “Toshkent shahar suv taʼminoti”, “Hududgaz Poytaxt” hamda tuman gaz taʼminoti bo‘limlarining tajribali mutaxassislari jalb qilingan.



Tekshiruvlar davomida bugungi kunga qadar o‘rta bosimli gaz quvurlarida 4 ta, past bosimli quvurlarda esa 6 ta gaz sizishi holati aniqlangan. Barcha nosozliklar tezkor ravishda bartaraf etilgan.



Ayni paytda “Hududgaztaʼminot” AJ va boshqa mutasaddi tashkilotlarning mobil laboratoriyalari tomonidan ko‘chaga tutash hududlardagi muhandislik tarmoqlari ham kompleks tekshiruvdan o‘tkazilmoqda.



Shuningdek, Glinka ko‘chasida taʼmirlash va tiklash ishlari yakunlangan. Yo‘l avtomobil harakati uchun to‘liq ochilgan.



Tekshiruv va profilaktika ishlari poytaxtda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan avariya holatlarining oldini olish, aholi xavfsizligini taʼminlash hamda muhandislik infratuzilmasining barqaror ishlashini taʼminlashga qaratilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev dehqon, fermerlar hamda barcha qishloq xo‘jaligi xodimlarini tabrikladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev dehqon, fermerlar hamda barcha qishloq xo‘jaligi xodimlarini tabrikladi

O‘zbekistonda ilk bor 5 million tonnadan ortiq paxta yetishtirildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘ladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘ladi

Prezident Markaziy Osiyo davlatlari yetakchilarining Aqaba jarayoni doirasidagi uchrashuvida ishtirok etadi.

Toshkentda havo sifati yaxshilanadi: yog‘ingarchilik kutilmoqda

Toshkentda havo sifati yaxshilanadi: yog‘ingarchilik kutilmoqda

Yog‘ingarchilik havodagi PM2.5 va PM10 zarrachalari miqdorini kamaytirib, havo sifatining yaxshilanishiga yordam berishi mumkin.

“O‘zgarishlarni eng murakkab joydan boshlash uchun bordik”: Saida Mirziyoyeva Qashqadaryodagi narkologiya muassasasida bo‘ldi

“O‘zgarishlarni eng murakkab joydan boshlash uchun bordik”: Saida Mirziyoyeva Qashqadaryodagi narkologiya muassasasida bo‘ldi

Mahalliy va xalqaro ekspertlar ishtirokida narkologiya tizimini tubdan yangilashga qaratilgan maxsus dastur ishlab chiqilishi ma’lum qilindi.

Filtri nosoz issiqxonalar va korxonalar faoliyati to‘xtatildi: havo sifati nazorati kuchaytirilmoqda

Filtri nosoz issiqxonalar va korxonalar faoliyati to‘xtatildi: havo sifati nazorati kuchaytirilmoqda

Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi havo sifatini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.

Qashqadaryoda 1,4 ming gektar tomorqa suv bilan barqaror ta’minlanadi

Qashqadaryoda 1,4 ming gektar tomorqa suv bilan barqaror ta’minlanadi

Saida Mirziyoyeva Qashqadaryoda suv ta’minotini yaxshilash masalalariga e’tibor qaratdi.

Toshkentda issiq suv nega loyqalandi? Veolia izoh berdi

Toshkentda issiq suv nega loyqalandi? Veolia izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda ayrim xonadonlarga jigarrang tusli issiq suv kelayotgani haqida xabarlar tarqaldi.

Olot tumani hokimi “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi

Olot tumani hokimi “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi

Uning hududni rivojlantirish, infratuzilmani yaxshilash, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi farovonligini oshirishga qo‘shgan hissasi e’tirof etildi.