O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Milliy muzeyi qurilishini ko‘zdan kechirdi

Maydoni 3,9 gektar bo‘lgan muzey 3,5 ming nafargacha tashrif buyuruvchini qabul qila oladi.

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Milliy muzeyi qurilishini ko‘zdan kechirdi

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev poytaxt markazida barpo etilayotgan O‘zbekiston Milliy muzeyining qurilish jarayoni bilan tanishdi.

 

Yirik loyiha davlat rahbarining 2025-yil 1-iyuldagi tegishli qaroriga muvofiq amalga oshirilmoqda. Shavkat Mirziyoyev 2025-yil avgust oyida mazkur inshoot qurilishiga tamal toshini qo‘ygan edi.

 

Davlat rahbariga muzey hududida olib borilayotgan qurilish-montaj ishlari, obyektlar poydevorini barpo etish hamda muhandislik infratuzilmasini yaratish jarayoni haqida ma’lumot berildi.

 

Qayd etilishicha, majmua O‘zbekistonning boy tarixi va madaniyatini aks ettiruvchi, mamlakatning kelajakdagi intilishlarini namoyon etuvchi yirik madaniy maskanga aylanishi ko‘zda tutilgan.

 

Muzeyning me’moriy qiyofasi va mazmuniy konsepsiyasi xalqaro ilg‘or tajriba asosida ishlab chiqilgan. Loyiha mashhur yaponiyalik me’mor Tadao Ando tomonidan yaratilgan bo‘lsa, ekspozitsiya konsepsiyasini Germaniyaning “Atelier Brückner” tashkiloti tayyorlagan.

 

Majmuaning umumiy maydoni 3,9 gektarni, bino maydoni esa 40 ming kvadrat metrdan ortiqni tashkil etadi. Bino uch qavatli asosiy qism va ikki qavatli yer osti qismidan iborat bo‘ladi.

 

Muzey hududining 60 foizi ta’lim va ilmiy faoliyat uchun ajratiladi. Bu yerda ko‘rgazma zallari, kutubxona, restavratsiya laboratoriyalari hamda konferensiya zallari tashkil etiladi. Shuningdek, oilalar va yoshlarning mazmunli hordiq chiqarishi uchun restoranlar va bolalar maydonchalari ham bo‘ladi.

 

Majmua bir vaqtning o‘zida 3,5 ming nafargacha tashrif buyuruvchini qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Muzey ekspozitsiyalarida 10 mingga yaqin tarixiy va san’at eksponatini namoyish etish rejalashtirilgan.

 

Bino qurib bitkazilgach, u atrofdagi Abulqosim madrasasi, Xalqlar do‘stligi saroyi va Milliy bog‘ bilan birgalikda yaxlit me’moriy ansamblni tashkil etadi.

 

Shuningdek, dunyoning nufuzli muzeylari, jumladan, Fransiyadagi Luvr, AQShdagi Metropoliten muzeyi va Britaniya muzeyi bilan hamkorlikda qo‘shma ko‘rgazmalar tashkil etish rejalashtirilgan.

 

Prezident mutasaddilarga qurilish ishlarini belgilangan muddatlarda, yuqori sifat standartlariga muvofiq amalga oshirish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.