O'zbekiston

Toshkentdagi 400 ta mahallani obod qilish uchun 10 trln so‘mlik dastur ishlab chiqiladi

Poytaxtning Eski shahar hududini kompleks rivojlantirish uchun 1-noyabrga qadar yagona konsepsiya va aniq loyihalar portfeli ishlab chiqiladi.

Toshkentdagi 400 ta mahallani obod qilish uchun 10 trln so‘mlik dastur ishlab chiqiladi

Toshkent shahridagi 400 ta mahallani “Qichqiriq” mahallasi namunasi asosida obod qilish bo‘yicha 4 yillik, 10 trillion so‘mlik dastur ishlab chiqiladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligidagi videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.

 

Yig‘ilishda Olmazor tumanida mahalla va ko‘chalarni kompleks rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar ham ko‘rib chiqildi. Yil boshidan tumandagi 9 ta ko‘cha biznes, aholi va sayyohlar uchun jozibador hududga aylantirilgan.

 

Xususan, Qichqiriq mahallasida qisqa vaqt ichida 450 o‘rinli bog‘cha, sport maydonchalari, sayilgoh, amfiteatr, piyodalar yo‘laklari va favvoralar barpo etildi. Natijada 5,5 ming nafar aholi uchun yashash va dam olish sharoitlari yaxshilandi.

 

Mazkur tajribani kengaytirib, Olmazorda yana 8 ta, poytaxtning qolgan 11 ta tumanida esa kamida 3–4 tadan ko‘chada shu kabi ishlarni boshlash belgilandi.

 

Shuningdek, Toshkent shahridagi 100 ta ko‘chani kompleks yangilash uchun 1 trillion so‘m ajratilgan.

 

Har bir tumanda qaysi ko‘cha va mahallada, qachon va qanday o‘zgarishlar amalga oshirilishi aniq belgilanib, bu rejalar mahalliy kengashlarda muhokama qilinishi va aholiga ochiq e’lon qilinishi kerakligi ta’kidlandi.

 

Yig‘ilishda poytaxtning tarixiy qismi — Eski shahar hududini kompleks rivojlantirish masalasi ham muhokama qilindi. Xorijiy kompaniyalarni jalb qilgan holda 1-noyabrga qadar hududni rivojlantirish bo‘yicha yagona konsepsiya va aniq loyihalar portfelini ishlab chiqish topshirildi.

 

Bundan tashqari, Toshkentdagi davlat idoralariga tegishli binolardan samarali foydalanish masalasiga e’tibor qaratildi. Hozir poytaxtda umumiy maydoni 765 ming kvadrat metr bo‘lgan 497 ta ma’muriy bino mavjud.

 

Davlat tashkilotlarini maqbul joylashtirish, bo‘sh va samarasiz foydalanilayotgan maydonlarda savdo, servis, xususiy tibbiyot va ta’lim xizmatlarini yo‘lga qo‘yish zarurligi qayd etildi.

 

Mas’ullarga davlat idoralari binolarini xatlovdan o‘tkazib, maqbul maydonlarni tadbirkorlarga kafolatli shartlarda uzoq muddatli ijaraga berish bo‘yicha amaliy ishlarni tashkil etish topshirildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev dehqon, fermerlar hamda barcha qishloq xo‘jaligi xodimlarini tabrikladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev dehqon, fermerlar hamda barcha qishloq xo‘jaligi xodimlarini tabrikladi

O‘zbekistonda ilk bor 5 million tonnadan ortiq paxta yetishtirildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘ladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘ladi

Prezident Markaziy Osiyo davlatlari yetakchilarining Aqaba jarayoni doirasidagi uchrashuvida ishtirok etadi.

Toshkentda havo sifati yaxshilanadi: yog‘ingarchilik kutilmoqda

Toshkentda havo sifati yaxshilanadi: yog‘ingarchilik kutilmoqda

Yog‘ingarchilik havodagi PM2.5 va PM10 zarrachalari miqdorini kamaytirib, havo sifatining yaxshilanishiga yordam berishi mumkin.

“O‘zgarishlarni eng murakkab joydan boshlash uchun bordik”: Saida Mirziyoyeva Qashqadaryodagi narkologiya muassasasida bo‘ldi

“O‘zgarishlarni eng murakkab joydan boshlash uchun bordik”: Saida Mirziyoyeva Qashqadaryodagi narkologiya muassasasida bo‘ldi

Mahalliy va xalqaro ekspertlar ishtirokida narkologiya tizimini tubdan yangilashga qaratilgan maxsus dastur ishlab chiqilishi ma’lum qilindi.

Filtri nosoz issiqxonalar va korxonalar faoliyati to‘xtatildi: havo sifati nazorati kuchaytirilmoqda

Filtri nosoz issiqxonalar va korxonalar faoliyati to‘xtatildi: havo sifati nazorati kuchaytirilmoqda

Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi havo sifatini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.

Qashqadaryoda 1,4 ming gektar tomorqa suv bilan barqaror ta’minlanadi

Qashqadaryoda 1,4 ming gektar tomorqa suv bilan barqaror ta’minlanadi

Saida Mirziyoyeva Qashqadaryoda suv ta’minotini yaxshilash masalalariga e’tibor qaratdi.

Toshkentda issiq suv nega loyqalandi? Veolia izoh berdi

Toshkentda issiq suv nega loyqalandi? Veolia izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda ayrim xonadonlarga jigarrang tusli issiq suv kelayotgani haqida xabarlar tarqaldi.

Olot tumani hokimi “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi

Olot tumani hokimi “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi

Uning hududni rivojlantirish, infratuzilmani yaxshilash, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi farovonligini oshirishga qo‘shgan hissasi e’tirof etildi.